Aliment undirish to’grisidagi ishlarning taalluqligi. Aliment miqdorini aniqlash tartibi va asoslari.
Reja:
1. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv 2. Alimentlarni to`lash va undirish tartibi 3. Alimentlarni sud tartibida undirish 4. Alimentlarni kelishuv va ixtiyoriy to`lash tartibi 5. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta`minot berish Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv (Aliment miqdori, shartlari va to`lash tartibi) Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs bilan Aliment oluvchi o`rtasida tuziladi. Agar Aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo`lsa, kelishuv qonuniy vakili bilan tuziladi.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv taraflarning o`zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, uni o`zgartirish yoki bekor qilish ham o`sha shaklda amalga oshiriladi.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga binoan to`lanadigan Alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar. Aliment to`lovchi va Aliment oluvchi taraflar uchun o`zlarining kelishuviga ko`ra, sud qarori bilan belgilanadigan Aliment to`lash tartibi va vositalaridan farq qiladigan kengroq tartib va vositalarni tanlash imkoniyatini yaratadi. Alimentni oluvchi shaxs bilan kelishuv asosida uni oyma-oy, haftada yoki boshqa muddatlarda bir yo`la (masalan, bir yilda bir marta, yarim yilda yoki har kvartalda bir marta) amalga oshirishi mumkin. Aliment to`lash haqidagi kelishuvda Alimentni to`lashning boshqa usullari (masalan. Moddiy yordam xizmati ko`rsatish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish shaklida) ham nazarda tutilishi mumkin.