Оиланинг бош=а аъзоларига хос алимент мажбуриятлари


Alimentlarni to`lash va undirish tartibi



Yüklə 140 Kb.
səhifə2/4
tarix26.04.2023
ölçüsü140 Kb.
#103003
1   2   3   4
Aliment undirish to’grisidagi ishlarning taalluqligi. Aliment miqdorini aniqlash tartibi va asoslari.

Alimentlarni to`lash va undirish tartibi

  1. Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs Alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o`z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag` olayotgan joyida to`lanadi. Ixtiyoriy tartibda to`lanayotgan Aliment nafaqat bolalarga, qonun bilan belgilangan hollarda, er-xotindan biriga, ota-onalarga, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlarga ham berilishi mumkin. Qonun voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini alohida himoya qiladi. Ixtiyoriy tartibda Aliment to`lash haqidagi arizada ularga to`lash uchun belgilangan mablag` o`z miqdori jihatidan qonunda belganlangan miqdordan kam bo`lmasligi kerak.

  2. Aliment olish huquqiga ega bo`lgan shaxs, Aliment talab qilish huquqi vujudga kelgandan so`ng qancha muddat o`tganidan qat`iy nazar, xohlagan vaqtda Aliment undirish to`g`risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

  3. Aliment undirish Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ixtiyoriy ravishda Aliment to`lash arizasiga yoki Aliment to`lash to`g`risida notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga ko`ra yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan, Aliment to`lashga majbur bo`lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi ma`mur yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joydagi tashkilot ma`muriyati tomonidan amalga oshiriladi.

  4. Sudning hal qiluv qarori yoki Aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo`yicha Aliment ushlab qolishi lozim bo`lgan ish beruvchi (tashkilot ma`muriyati) Aliment to`lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o`qish joyi yoki turar joyi, unga ma`lum bo`lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi sud ijrochisiga yoki Aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart.

  5. Aliment qarzi Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va boshqa daromadidan undiriladi.

  6. Aliment qarzining miqdori sud ijrochisi tomonidan sudning hal qiluvchi qarori yoki Aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibida tasdiqlangan kelishuvda belgilangan Aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

  7. Qonunga asosan Aliment miqdori kamaytirilishi yoki Aliment to`lashdan ozod qilinishi mumkin.

  8. Agar Aliment to`lashga mas`ul bo`lgan shaxs chet mamlakatga doimiy yashash yoki uch oydan ortiq muddatga ketsa, Aliment to`lashini tartibga solib ketishi lozim. Aliment to`lashga mas`ul shaxs chet elga ketishidan avval Aliment talab qilishga haqli bo`lgan oila a`zolari bilan bitim tuzishi mumkin. Agar ixtiyoriy ravishda bitim tuzilmasa manfaatdor taraf sudga murojaat etishga haqli.

  9. Qonunda Aliment to`lash tugatilish asoslari ko`rsatilgan, sud tartibida Aliment to`lash;

  10. bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to`la muomala layoqatiga ega bo`lganda;

  11. foydasiga Aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganida;

  12. sud Aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo`lmay qolgan deb topsa;

  13. mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj Aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;

  14. Aliment oluvchi yoki Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.




Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin