Оиланинг бош=а аъзоларига хос алимент мажбуриятлари


Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta`minot berish



Yüklə 140 Kb.
səhifə4/4
tarix26.04.2023
ölçüsü140 Kb.
#103003
1   2   3   4
Aliment undirish to’grisidagi ishlarning taalluqligi. Aliment miqdorini aniqlash tartibi va asoslari.

Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta`minot berish
Oila qonunchiligida agar ota-onalar o`zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko`ra moddiy ta`minot berishga qodir bo`lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta`minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek o`gay ota va o`gay ona, o`gay o`g`il va o`gay qiz, doimiy tarbiyada bo`lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qonunda bobo va buvilar o`z nevaralariga, nevaralar esa voyaga yetgandan keyin o`z bobo va buvilariga, aka-uka va opa-singillar voyaga yetmagan, muhtoj aka-uka va opa-singillariga yordam berishlarining huquqiy asoslari belgilangan. Undan tashqari doimiy tarbiyada bo`lganlarning o`z tarbiyachilariga ta`minot berish majburiyatlari ham ko`rsatilgan.
Ota-ona ajrashgan yoki alohida yashayotgan taqdirda bolaning moddiy taʼminoti qanday amalga oshiriladi? Voyaga yetmagan bolalarning aliment taʼminoti deganda nima tushuniladi? Aliment kelishuvi nima va u qanday amalga oshiriladi? Aliment toʻlanmaganida qanday choralar koʻriladi? Aliment miqdori qanday aniqlanadi? Shu kabi savollar aliment undirish masalasiga duch kelgan aksariyat fuqarolarda paydo boʻlishi tabiiy. Biroq malakali huquqiy maslahat olish imkoniyati hammada ham bir xil emas. Huquqiy sohada bilim yetishmasligi ota-onaning farzandi huquq va manfaatlarini himoya qilishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun quyida, fuqarolar orasida tez-tez uchrab turadigan shu kabi savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Voyaga yetmagan bolalarning aliment taʼminoti deganda nima tushuniladi? 
Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishlari shart. Voyaga yetmagan bolalariga aliment toʻlash va ularga taʼminot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir, aliment toʻlovi ota-onaning biri tomonidan ikkinchisiga, yaʼni voyaga yetmagan bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan ota yoki onaga beriladi (Oila kodeksining 96-97 moddalari) 
Aliment toʻlovlarini ixtiyoriy toʻlash deganda nima tushuniladi? 
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment miqdorini, shaklini va toʻlash tartibini belgilovchi aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuvni tuzishga haqlidir. Mazkur oʻzaro kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak (Oila kodeksining 98-moddasi). Oʻzaro kelishuv aliment taʼminoti masalasini hal qilishning nafaqat eng tinch, balki eng tejamli yoʻlidir. Kelishuvni tuzish jarayonida davlat notariusi mazkur kelishuv birinchi navbatda voyaga yetmagan bola manfaatlarini taʼminlashga qaratilganligini inobatga olishi shart. 
Ushbu hujjat yozma shaklda tuzilib, ota-ona tomonidan imzolanib, davlat notariusi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Oʻzaro kelishuv er-xotin, sobiq er-xotin hamda nikohi rasmiylashtirilmagan, umumiy farzandlari mavjud shaxslar oʻrtasida tuzilishi mumkin.
Faqat tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada ota-ona sifatida koʻrsatilgan shaxslargina kelishuv tomonlari boʻla olishlari mumkin.
Notarial tasdiqlanayotgan aliment kelishuvi boʻyicha davlat boji kelishuv summasining 1%ini tashkil etadi. Shu bilan birga aliment kelishuvini tuzishda davlat notariusining texnik xizmatlariga oid xarajatlar ham undiriladi. 
Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv taraflarning oʻzaro roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (Oila kodeksining 132-moddasi).
Agar voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ota yoki ona aliment undirish maqsadida sudga murojaat qilishi mumkin. Oila kodeksiga binoan voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sud buyrugʻi yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi (Oila kodeksining 96-moddasi). 
Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlovlari qanday miqdorda belgilanadi? 
Oila kodeksiga asosan aliment ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan bir bola uchun — toʻrtdan bir qismi, ikki bola uchun – uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun — yarmi miqdorida undiriladi. 
Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin (Oila kodeksining 105-moddasi). 
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak (Oila kodeksining 99-moddasi).
Taʼkidlash joizki, aliment toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda boʻlmay, oʻzgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan boʻlsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati boʻlmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega boʻlmasa, voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun toʻlanishi lozim boʻlgan aliment miqdori har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanishi mumkin (Oila kodeksining 102-moddasi). 
Aliment undirish masalasi sud tartibida qanday hal qilinadi? 
Agar sudga murojaat qilishga qaror qilsangiz, u holda aliment undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza yoki daʼvo ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, Aliment (lot. alumentum — qaramogʻidagi, boqimidagi) — bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda toʻlaydigan nafaqasi. ALIMENT toʻlash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, far-zandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi. Ota-onalar hamda bolalarning ALIMENT borasidagi huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi (1998-yil 30-aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ularga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart. Mazkur majburiyatini ixtiyoriy ravishda ba-jarmagan ota-onadan sudning hal qiluv qaroriga asosan ALIMENT undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga ALIMENT toʻlash haqida ota-onalar oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki ALIMENT ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham ALIMENT undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan mu-rojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning taʼminoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda ALIMENT undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir. Voyaga yetmagan bolalariga ALIMENT toʻlash va ularga, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot uchun ALIMENT toʻlash tartibi va shakli haqida ota-ona 325oʻrtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak. Agar voyaga yetmagan bolalariga taʼ-minot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning taʼmino-ti uchun ALIMENT sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) b. daro-madning 1 bola uchun — 1/4 qismi; 2 bola uchun — 1/3; 3 va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa eʼti-borga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan ALIMENT miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot be-rish ham ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi, kelishuvga erishil-magan taqdirda esa nizo sud tartibida hal qilinadi. Bunday bolalarga undiriladigan ALIMENT miqdori ALIMENT toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli sud tomonidan hisobga olinib, har oyda pul bilan toʻlanadigan katʼiy sum-mada belgilanadi. Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning ogʻir shikastlanishi, kasal boʻlishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning taʼminoti uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishi shart. Qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota(ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qoʻshimcha hara-jatlarni qisman pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ALIMENT ushlab qolinadi. Ota-onadan bolalarga undiriladigan ALIMENT miqdori ALIMENT toʻlovchining oylik ish haqiga va (yoki) b. daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan toʻlanadigan qatiy sum-mada belgilanishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 96-104-moddalar).Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli far-zandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga taʼminot be-rishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari karamogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ular bunday yordam berishdan boʻyin tovlasalar, taʼminot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga aso-san belgilanadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan ALIMENT miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 109-110-moddalar).Oila aʼzolari va boshqa shaxslarning, er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning, qarindoshlar va boshqa shaxslarning ALIMENT maj-buriyatlari, ALIMENT toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish, ALIMENT larni toʻlash va undirish tartibiga oid qonun-qoidalar OKning V boʻlim, 14-18-boblarida belgilab be-rilgan. Ana shunga koʻra, ALIMENT toʻlashi shart boʻlgan shaxs ALIMENTni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʻz arizasiga muvofiq ish-lab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʻ olayotgan joyida toʻlaydi. Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan ALIMENT arizaga muvofiq ushbu kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi. ALIMENT toʻlovchining ish, oʻqish joyi yoki turar joyi oʻzgarganligi haqida xabar qilish majburiyati ham bor. Bu majburiyat boʻyicha ALIMENT ushlab qolishi lozim boʻlgan ish beruvchi (tashkilot maʼmuriyati) uch kun muddat ichida xabar berishi kerak. Shuningdek ALIMENT toʻlashi shart boʻlgan shax-sning qoʻshimcha ish haqi yoki boshqa daro-madi toʻgʻrisida sud ijrochisi hamda ALIMENT 326oluvchi shaxs yuqorida koʻrsatilgan muddatda xabardor qilinadi. ALIMENT toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JK 122 va 123-moddalarida koʻrsatilgan. Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami 3 oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaganlikda ayb-li deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda ja-rima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan shunday boʻyin tovlashi ham yuqoridagicha jazolanadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “ O`zbekiston”, 2021.

  2. O`zbekiston Respublikasi oila kodeksi. T., “Adolat”, 2021.

  3. O`zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar. T., “Adolat”, 2021.

  4. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida Konvensiya, Toshkent-1998.

  5. Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. YUNESKO 1995 yil 16 noyabr, Parij.

  6. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. T., “O`zbekiston”, 2017.

  7. Yodgorov X. [va boshq.] Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi [Matn]/–Toshkent: Baktria press, 2016. – 224 b.

  8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son).

  9. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021 y., 03/21/716/0877-son ).

  10. Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma. To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

  11. Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma. To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

  12. https://stat.sud.uz/file/2021/fib/fib_2020.pdf.

Internet saytlari.
www.lex.uz
www.norma.uz
www.sud.uz
Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin