Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 698
w www.oriens.uz February 2022 taraqqiyoti, ilm–fani va shaxs barkamolligiga muhim hissa qo‘shgan buyuk daholar,
allomalarning ilmiy, ijodiy va badiiy merosini o‘rganishga alohida ehtiyoj yuzaga
keldi. Bu ham ota-bobolarimiz sog‘lom turmush kechirishni asrlar davomida uqtirib
kelganligidan va yosh avlodga har tomonlama mukammal ta’lim-tarbiya berish,
kamolat sari yetaklash doimo dolzarb bo‘lganligidan dalolat beradi.
Abu Nasr Farobiy o‘z asarlarida insonni Xudoning tabiiy-moddiy hilqati
sifatida voyaga yetkazish va bunda ilmiy asoslarga suyanish masalasini jiddiy ilgari
suradi. Uning «Fozil odamlar shahri» asari inson tarbiyasida katta boy manba bo‘lib
hisoblanib, u allaqachon mashhur bo‘lib ketgan. Shuning bilan birga uning «Fazilat,
baxt va kamolat haqida» deb nomlangan asari ham tarbiya masalasida muhim asos
bo‘lib hisoblanadi. Unda jumladan, shunday deyiladi: «Har bir inson boshidan komil
bo‘lib tug‘ilmaydi, ammo tug‘ma ravishda o‘ziga xos ichki shuurga ega bo‘ladi va bu
shuur bilan bosqichma-bosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi».[4.224].
Demak, tarbiya jarayonini tartibli, ya’ni bosqichmaqbosqich olib borilshishi
lozim. Bunday dalilu isbotlarni ko‘plab keltirish keltirish mumkin. Asarlarni
o‘rganish o‘quvchilarning ham og‘zaki, ham yozma nutqlarinio‘stirishda yordam
beradi, xotiralarini mustahkamlaydi, ularning lug‘at boyligini asraydi. O‘qituvchi esa
har bir o‘rgangan fikr qarashlarin tahlil qilar ekan mag‘zini chaqib, mazmuni-
mohiyatini tushunishda o‘quvchilarga yaqindan yordam berishi zarur bo‘ladi.
Mutafakkirlarning xayotiga oid qarashlarida yuksak insoniy fazilatlar ko‘p talqin
qilinganligi
bois
Abu
Rayhon
Beruniy
adolat
masalalarining
keng
yoritilishi,ahloq,ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarining ahamiyatiga alohida e’tibor
berilgan. Ayniqsa Beruniyningquyidagi fikrlari - «Do‘stlar va xayrixohlar yomonni
yaxshi qilib ko‘rsatishga, xalal beradiganni to‘sishga, go‘zallikni izhor etishga va
yaxshiliklarni himoya qilishga tirishadilar;
- yaxshilik xislatlari quyidagilardir: to‘g‘rilik, taqvodorlik, o‘zini saqlash,
dindorlik, odillik, kamtarlik, muloyimlik, siyosatbozlik va boshqarish ishlarida
bilimdonlik, tadbirkorlik, to‘g‘ri taxmin qila bilish;
- sezgilar beshta bo‘lib, ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan
hidlash, til bilan tatib va teri bilan tegib bilishdan iborat;
- kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga moyil bo‘ladi».[5.231].
Komillik inson shaxsini ulug‘lovchi, uning qadrini yuqori ko‘taruvchi muhim
fazilat sifatida har bir shaxsda rivojlanishi zarur. Zero, bu fazilat jamiyatda tinchlik
va farovonlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida ahillik hamda o‘zaro yordamni qaror
toptirishga yordam beradi.