Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.07.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#137831
1   2   3   4   5   6
95 Axmedova Nasiba Achilovna 695-700

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
699 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Ulug‘ sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo 
hududida yashovchi barcha xalqlarning tarixiy taraqqiyotini ta’minlashda ulkan 
hissasi bo‘lgan shaxslardan biridir. Amir Temur fenomeni nafaqat jamiyatning 
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlashdagina aks etib qolmay, shu bilan 
birga yuksak ma’naviyatga ega shaxs timsoli sifatida ham namoyon bo‘ladi. Amir 
Temur ma’naviyatining eng ustuvor jihati uning davlat boshqaruvi hamda fuqarolarga 
bo‘lgan munosabatda ham adolatga tayanganligidir. Bu holat sohibqironning 
kundaliklarida qayd etilgan quyidagi fikrlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan: “Har bir 
mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim”, “Barcha ishlarda,
bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida
qattiq turishlariga buyruq berdim” [6, 172]. 
“Kuch adolatdadir”, “Rosti-rusti” (“Haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib, 
haqiqat – adolat”) shiorlarining Amir Temur faoliyatida yetakchi o‘rin tutganligi ham 
adolat sohibqiron faoliyatining asosiy mezoni bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
Yoshlarninig ma’naviy madaniyatini shakllantirishda ham o‘ziga xos yo‘nalish bo‘la 
olishi lozim. Demak, umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan avvalo fan va ta’lim 
taraqqiyotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila kamoliga erishishda
jamoa manfaatlarini yuksaklikka ko‘tarishda, jamiyat taraqqiyoti saviyasini 
tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy qudratini 
yuksaltirishda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, bundan pirovard maqsadimiz 
xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va 
obod Vatan qurishdan iborat. 
XULOSA 
Buyuk bobolarmizning o‘lmas merosi bugungi yoshlarning ma’naviy tarbiyasida 
va ayniqsa ularning milliy dunyoqarashi kengayishida bitmas-tuganmas xazinadir. 
Asosan ezgulik va to‘g‘rilikning talqin qilinishi, ularni qiziqib mutoala qiladigan 
yoshlarimizga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiydir. Yoshlar ongiga shaxs ijodiy 
kamoloti bosqichlarini ilmiy, ma’naviy qadriyat sifatida singdirish ularni ijodiy 
kamolot sari intilishiga turtki bo‘ladi va natijada ular ijtimoiy faol shaxs bo‘lishga 
intiladi, olimlikni va komillikni havas qiladi. 
REFERENCES 
1.
“Jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun zamonaviy kadr kerak” 25.08.2019 y. 
Videlselektor materiallari. 
2.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» // Oliy ta’lim (me’yoriy huquqiy va uslubiy 
hujjatlar to‘plami). – Toshkent: 2004. – 12 b. 



Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin