Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
699
w
www.oriens.uz
May
2022
VOLEYBOLDA O‘YIN TEXNIKASI VA UNING TASNIFI
O‘rinov Sanjarbek G‘ulomjon o‘g‘li
ADU 1-boshqich magistranti
ANNOTATSIYA
Voleybol o‘z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport o‘yinlaridan
farq qiladi. Maqolada voleybolda o‘yin texnikasi va uning tasnifi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
voleybol, sport, o‘yin texnikasi, o‘yin texnikasi tasnifi,
texnikaning asosiy qismi, texnikaning detallari, texnik harakatlar, tayyorgarlik fazasi.
АННОТАЦИЯ
Волейбол отличается от других видов спорта своей сущностью,
содержанием и особенностями. В статье рассматривается техника игры в
волейбол и ее классификация.
Ключевые слова:
волейбол, виды спорта, техника игры, классификация
техники игры, основная часть техники, детали техники, технические
действия, подготовительный этап.
ABSTRACT
Volleyball differs from other sports in its essence, content and features. The
article discusses the technique of playing volleyball and its classification.
Key words:
volleyball, sports, game technique, game technique classification,
main part of technique, technique details, technical actions, preparatory stage.
KIRISH
Voleybol o‘yini nisbatan kichik bo‘lgan, ya’ni o‘rtasidan teng ikkiga bo‘lingan
18x9 metrli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi.
Zamonaviy voleybol turli o‘yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nihoyatda boy
bo‘lib, o‘ta katta shiddat va tezlikda o‘tadi.
Binobarin, voleybolning yuqorida zikr
etilgan o‘ziga xos xususiyatlari o‘yinchilardan mukammal takomillashgan texnik
mahorat talab qiladi. Musobaqa o‘yinlarida texnik mahorat qanchalik keng va tashqi
ta’sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo‘lsa, shunchalik g‘alabani qo‘lga
kiritish imkoni ko‘p bo‘ladi. O‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va
muayyan maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan
harakat yoki harakatlar
majmuasidir.