Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
391 ziddiyatlarning chuqur ildiz otishiga sabab bo‘ladi. Kambag‘allik chegarasi kuniga
1,90 dollar etib belgilangan bo‘lsa-da, har bir mamlakat o‘zining rivojlanish darajasi
va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kambag‘allik chegarasini belgilaydi.
Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida agar insonning daromadlari o‘zi istiqomat
qilayotgan mamlakatdagi o‘rtacha ish haqining 60%idan kamroq qismini tashkil etsa,
u kambag‘al insonlar sirasiga kiritiladi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida
kambag‘allik chegarasi deyilganda, yashash minimumidan past darajadagi daromad
chegarasi tushuniladi.
Yashash minimumi – inson salomatligini saqlash va uning
hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat
mahsulotlari va xizmatlarning eng kam to‘plamlarini, shuningdek, majburiy to‘lovlar
va yig‘imlarni o‘z ichiga olgan iste’mol savatchasining qiymat bahosini ifoda
etadi.Boshqacha qilib aytganda, yashash minimumi insonning eng zaruriy ehtiyojlarini
qondira olmaydigan yoki kambag‘allik qashshoqlik bilan almashinuvchi chegarani aks
ettiradi. Sodda qilib aytganda, iste’mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson
hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va
xizmatlarning eng kam to‘plamidir. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va
boshqa xizmatlar haqini to‘lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va
hokazo. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi.
Uning ma’lumotlaridan, o‘z navbatida, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni
(iste’mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.
Iste’mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga
asos bo‘lmog‘i lozim: