Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 10 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023
224
TA’LIM MENEJMENTI – BOSHQARUV SAN’ATI SIFATIDA.
Astanakulova Manzura Biribayevna
Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Jabborova Shaxina
Termiz davlat pedagogika
instituti maktabgacha ta’lim fakulteti iqtidorli talabasi
ANNOTATSIYA
O‘zbekiston jahon tajribasiga asoslangan holda boshqaruvning turli shakllari
tengligi taʼminlangan, zamonaviy, milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish koʼzda
tutilgan islohotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirmoqda.
Bu olib borilayotgan
islohotlarning asosiy vazifalaridan biri – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. Shu bilan birga ushbu islohotlar institutsional
oʼzgarishlarni
amalga oshirishda, boshqaruv tarmoqlari va sohalari xususiyatlariga
mos keladigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga erkinlik berishga yordamlashadigan,
ragʼbatlantiradigan tashkiliy - huquqiy shakllarni vujudga
kelishiga qaratilgan
boshqaruvda yangi bir tizim yaʼni menejmentning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Kalit so‘zlar:
menejment, innovatsiya, ta’lim, tarbiya, pedagogika, sifat,
mutaxassis, faoliyat.
Taʼlim - tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga koʼtarish
diqqatimizning markazida boʼlishi zarur. Аgar biz oʼz vaqtida uzoqni koʼzlab
katta
hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizning chuqur bilim va kasb hunar egallashi uchun
zamin yaratmasak, ularni zamon talab qiladigan mutaxassislar etib tayyorlamasak
bugungi kunda danyoni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida yurtimizda
tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror oʼsish surʼatini taʼminlashga, ayni
shunday ogʼir sharoitda xalqimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olmaymiz.
Ta’lim menejmenti – boshqaruv san’ati sifatida. Menejment so‘zi
inglizcha
so‘zdan olingan bo‘lib, boshqaruvni tashkil etish, boshqaruv hokimiyati,
rahbarlik
qilish,
rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish rabi ma’nolarni
anglatadi. Menejment ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya’ni insonlar
yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari,
shakllari va vositalari majmuidir.
Menejment tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va
unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat