Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 10 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023
225 jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri
tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat
qilishga va bu jarayon borishiga bog‘liq bo‘ladi. Menejment keng ma’noli tushuncha
sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter
Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan betartib ommani bir
maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan,
ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi». Menejment nafaqat
korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li, maqsad va
intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga
aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Menejmentni jamiyatning
iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va
ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim. Tashkiliy-
texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv
mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqarish maqsadlarini
belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish
samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan
iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat
qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat
tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini qo‘llab - quvvatlashdan iboratdir. Menejmentning mohiyati ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy
aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab chiqarish
jarayonida, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan
sharoitda, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish, foydani
maksimallashtirishga qaratilgan boisa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish
evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilmasi elementlari va
ularning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir
fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda,
ularni jahon sahnasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaratilgan boiadi. Menejmentning
asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy
ilmiylik tashkil etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni
o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon boiishini hisobga olgan holda
iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.