Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan


Raqmli iqtisodiyotda axborot xafsizligini ta’minlash usullari



Yüklə 266,93 Kb.
səhifə3/7
tarix04.01.2023
ölçüsü266,93 Kb.
#78441
1   2   3   4   5   6   7
Boboqulov Baxtbek

2.Raqmli iqtisodiyotda axborot xafsizligini ta’minlash usullari
Jahon amaliyotida axborotlardan iqtisodiy resurs sifatida foydalanilayotgan XXI-asrda iqtisodiy axborotlarni himoya qilish masalasi har doimgidek asosiy global muammolardan biri sifatida tan olingan va uzluksiz davom etadigan jarayon hisoblanadi. Axborotlarga ishlov berishning asosiy vositasi boʻlgan mavjud axborot va kompyuter tizimlaridan keng foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi toʻliq yechimini topmagan, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan himoya vositalari tizimi esa yechayotgan masalalari va qoʻllanilgan usullari boʻyicha, shuningdek, erishgan natijalari bilan ham bir-biridan katta farq qiladi. Bu jahon iqtisodiyotidagi axborot xavfsizligi muammosi dolzarbligicha qolayotganligini aniqlab beradi. Bu yoʻnalishning iqtisodiy xavfsizlik sifatida yangiligi jahon iqtisodiyoti bilan bogʻliq axborot xavfsizligini baholashning metodologik jihatlarini tadqiq etish va oʻrganish bilan bogʻliq bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalalarida davlat, alohida tashkilot kabi darajalarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Hozirgi kunda kiberhujum yoki jinoyatlar global xususiyatga egaligi bilan ham alohida muammolarni keltirib chiqarmoqda: 2017 yilning may oyida 150 dan ortiq mamlakatdagi kompyuterlar WannaCry virusi bilan zararlandi, natijada Buyuk Britaniyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), Ispaniyaning Telefonica telekommunikatsiya kompaniyasi, Germaniyaning eng yirik Deutsche Bahn temir yoʻl operatori, Amerikaning FedEx logistika kompaniyasi va dunyodagi koʻplab boshqa tashkilotlar faoliyatini izdan chiqardi ; Nissan Motor va Renault avtomobil konsernlari bir nechta ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.
Iqtisodiyotning turli sub’ektlari oʻrtasida raqamli oʻzaro oʻta bogʻliqlik sharoitida xavfsiz axborot muhitini yaratish barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning ajralmas elementiga aylanadi]. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻplab raqamli texnologiyalar orasida katta ma’lumotlar, buyumlar interneti va sun’iy intellekt texnologiyalari boshqarilishi murakkab boʻlgan yoʻnalishlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Amazon, Apple va Google kabi kompaniyalar sun’iy intellektdan foydalangan holda raqamli platformalarni shakllantirdi, Facebook ijtimoiy tarmogʻi xabarlar orqali foydalanuvchilarning xatti-harakatlaridagi munosabatlarni tanib olish mumkin boʻlgan DeepTex texnologiyasini ishga tushirdi ]. Bu raqamli texnologiyalarning potentsial ustunligi, albatta, katta ahamiyatga ega, biroq, ularning joriy etilishi aholining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga tahdidlarni keltirib chiqaradi va ma’lumotlarning ozgina boʻlsa ham chiqib ketishi innovatsiyalarga va umuman iqtisodiyotga boʻlgan ishonchni tushirib yuboradi
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida axborot xavfsizligiga tahdidlar sonining ortib borishi raqamli texnologiyalardan foydalanishning doimiy ravishda murakkablashuvi va takomillashuvi bilan bogʻliq. Soʻnggi yillarda yirik tashkilotlarda boʻlgani kabi kichik tashkilotlarning biznes faoliyatiga nisbatan ham tez-tez va jiddiy axborot xujumlari uyushtirilmoqda.
Ma’lumotlarning yoʻqotilishi koʻplab noxush oqibatlarga olib keladi: firibgarlik amalga oshirilgan taqdirda ishbilarmonlik obroʻsiga putur etkazilishi, raqobatbardoshlikning kamayishi, moliyaviy yoʻqotishlar, shuningdek, yoʻqolgan ma’lumotlarni qayta tiklash zarurati tufayli ishlab chiqarish va etkazib berish rejalarini buzilishi, xarajatlarni oshib ketishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi deb aytish mumkin.
2019 yilda Internetning tarmogʻining milliy segmenti web-saytlarida kiberxavfsizlikning 268 insidenti1 aniqlangan (1-rasm), shulardan 222 tasi kontent tarkibni ruxsatsiz yuklab olish (RKYuO), 45 tasi defeys2 va 1 tasi yashirin mayning3 bilan bogʻliq. Jumladan, aniqlangan insidentlarning 27 tasi hukumat web-saytlariga uyushtirilgan.



Yüklə 266,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin