2019 yilda Oʻzbekistonda aniqlangan kiberhujumlar
Oʻzbekistonda olib borilgan kiberxavfsizlik chora-tadbirlarlarini samarali yoʻlga qoʻyilganligi natijasida 2017 yildan 2019 yilgacha uyushtirilgan insidentlar sonining solishtirma tahlili ijobiy tendensiyani, ya’ni insidentlar 2019 yilda 2017 yilga nisbatan 61 foizga va 2018 yilga nisbatan 44 foizga kamayganligini koʻrsatadi.
Solishtirma diagramma ma’lumotlaridan koʻrish mumkinki, kontentni ruxsatsiz yuklab olish tahdidi hali ham dolzarbligicha qolmoqda, shu bilan birga ta’kidlash joyizki, 2019 yilda Oʻzbekiston kiberhavfsizligi sohasida birinchi marta yangi tahdid – yashirin mayning paydo boʻldi.
2017-2019 yillardagi intsedenlar sonining solishtirma tahlili
Shu bilan birga, shu davrda davlat sektorida sodir etilgan insidentlar tahlil qilinganda, 2017 yilga nisbatan 62,5 foizga kamaygan, ammo, 2018 yilga nisbatan 2 martadan koʻp oʻsish, jumladan, Spam va Ddos hujumlari toʻliq bartaraf etilgan boʻlsada KRYu va defeys tahdidlarida salbiy oʻsish kuzatilgan .
2017-2018 yillarda davlat sektoriga uyushtirilgan tahdidlar dinamikasi
Kiberxavfsizlik boʻyicha eng koʻp insident Oʻzbekistondagi web-ishlab chiquvchilar orasida eng ommabop boʻlgan “WordPress” CMSda aniqlangan va bu koʻrsatkich yuqoriligacha qolmoqda. 2017-2018 yillarda aniqlangan hodisalar bilan taqqoslash “Magento”, “Drupal” va “1C-Bitrix” kontentni boshqarish tizimlarida noxushliklar bartaraf etilgan).
Oʻzbekistonda kontentni boshqarish tizimlari kesimidagi insidentlar dinamikasi
3.Axborot himoyalashning kriptografik usullaridan foydalanish
Kriptografiya axborotni muhofaza qilish usullaridan biri hisoblanadi.
Kriptografiya axborot (ma’lumotlar)ni o‘zgartirish tamoyillari, vositalari
va usullarini tadqiq etadi. Bundan maqsad axborot mazmunidan ruxsat
etilmagan foydalanishdan muhofazalash va uni buzishni bartaraf qilish.
Kriptografiya ma’lumotlarni aloqa kanallari orqali uzatishda yoki
saqlashda konfedensiallikni yoki haqiqiylikni ta’minlash usullari bilan
shug‘ullanadi.
Shu bilan birga kriptografiya ma’lumotlarni xabardor bo‘lmagan
shaxslar uchun tushuna olmaydigan qilish maqsadida o‘zgartirish usuli
hamdir. Ma’lumotlar xavfsizligi tizimining muhim tarkibiy bo‘lagi. Uning
mohiyati ma’lumotlarni uzatishdan oldin ma’nosiz belgilar yoki signallar
yig‘masiga aylantirish va ma’lumotlarni oluvchi qabul qilib olgandan
so‘ng, ularni dastlabki shakliga qayta tiklashdir
Insoniyat axborotni himoya qilish muammosi bilan yozuv paydo
bo‘lgandan beri shug‘ullanadi. Bu muammo harbiy va diplomatik
ma’lumotlarni yashirincha uzatish zaruratidan kelib chiqqan. Masalan,
antik spartalilar harbiy ma’lumotlarni shifrlashgan. Xitoyliklar tomonidan
oddiy yozuvni iyerogriflar ko‘rinishida tasvirlashlari uni xorijiylardan
yashirish imkonini bergan.
«Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish,
yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Atamaning ma’nosi
kriptografiya kerakli ma’lumotni yashirin saqlash va himoyalash
maqsadida qo‘llanishini anglatadi.
Kriptografiya axborotni himoyalash vositasi, shuning uchun u axborot
xavfsizligini ta’minlashning bir tarmog‘i hisoblanadi.
Kriptologiyaning (kripto – yashirin, logiya – fan, bilim) rivojlanishini
uchta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich – kriptologiyani fan
sifatidan e’tirof etilmagan davri, tor doiradagi qiziquvchilarga xos faoliyat
turi bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 1949-yildan boshlanib, K.Shenonning
«Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» nomli risolaning chop etilishi bilan
bog‘lanadi. Bu risolada shifrlashning fundamental ilmiy tadqiqoti va uning
mustahkamligi yoritib berilgan. Bu kitobning chop etilishi kriptologiya
amaliy matematikaning tarkibiy qismi sifatida shakllanishiga asos bo‘ldi.
Va, nihoyat 3-bosqich 1976-yilda U.Diffi va M.Xellman tomonidan
«Kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari» nomli asarning chop etilishi bilan
belgilanadi. Unda maxfiy aloqa, yopiq kalitni avvaldan bermasdan ham,
amalga oshirish mumkinligi bayon etilgan. Ushbu sanadan boshlab to
hozirgi kungacha an’anaviy klassik kriptografiya bilan bir qatorda ochiq
kalitli kriptografiyaning intensiv rivojlanishi davom etmoqda.
Bir necha asrlar davomida yozuvning paydo bo‘lishini o‘zi axborotni
himoyalash sifatida e’tirof etilar edi, chunki yozuvni hamma ham
tushunmas edi.
Dostları ilə paylaş: |