Kesim egaga tobe bo'lak bo'lgani uchun ko'p hollarda shaxs va sonda moslashadi. Masalan: Biz huquqiy demokratik jamiyat qurmoqdamiz. U anchagacha jim o'tirdi . Birinchi gapda kesim egaga tobe muvofiq 1 shaxs birlikda, ikkinchisida esa III shaxs birlikda ishlatilgan. Ammo o'zbek tilida kesimning ega bilan son jihatidan mos bo'lishi III shaxsning ko'pligida shart emas, ega III shaxsning ko'plik shaklida bo'lib, kesim III shaxsning birlik shaklida ham keladi. Masalan: Hamma chapak chalib yubordi. (M. Is.) Talabalar ta 'tilga chiqdi.
Ba'zan ega birlik shaklda kesim esa hurmat ma'nosini bildirish uchun ko'plik shaklda bo'lishi ham mumkin. Masalan: Oyim keldilar. Dadang aytdilar.
Kesim sifat, son, kabi turkumlar bilan ifodalanganda ega ko'plik shaklda bo'lsa ham, kesim birlik shaklda bo'ladi. Masalan: Ular she'ri uchdi ko'p yiroq(A. 0.)
Agar ega jamlik ma'nosini bildiruvchi so'z bilan ifodalansa. kesim odatda birlik shaklda keladi. Masalan: Jamoa yig'ildi. Studentlar darsga kirdi.
Boshqaruv yo'l bilan gapning biror bo'lagiga tobelanib, uning ma'nosini to'ldirish uchun xizmat qiladigan gap bo'lagi to'ldiruvchi deyiladi.Boshqaruvchi so'zning talabiga ko'ra to'ldiruvchi tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi so'z yoki ko'makchi bilan ifodalanadi. Masalan:
Bulaming barchasi senga atalgan.
Sening ishqing bilan o'sgan yetilgan.
("Navoiy"dramasi)
Ilmni mehnatsiz egallab bo'lmaydi. (Maqol.) Keltirilgan misollarning birinchisida to'ldiruvchi (ishqing bilan) ko'makchili ot bilan, ikkinchisi (ilmni) tushum kelishikli so'z bilan ifodalangan va ularning har ikkisi kesimga (o'sgan, egallab bo'lmaydi) boshqaruv yo'li bilan bog'langan.