Gap bo'laklarining tartibi o'zbek tilida, asosan, erkindir. Gapda ularning o'rnini almashtirish har doim ham grammatik holatni o'zgartiravermaydi. Masalan: Talabalar yozgi ta'tilga chiqishdi. Yozgi ta'tilga talabalar chiqishdi. Bu gaplarda so'zlarning o'rnini almashtirish bilan grammatik holat o'zgarmagan. Shunday bo'lsa-da gapning mazmumga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan.
Ammo ayrim hollarda gap bo'laklarining o'rni o'zgaradi bu esa ma'no ham o'zgartiradi.
www.arxiv.uz
1. Ega bilan kesimning tartibini o'zgartirsak, ega kesim vaaksincha kesim ega bo'lib qoladi. Masalan: ikki yorti—bir butun;bir-butun—ikki yorti.
2. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o'zgarsa sifatlan-mish ega kesim bo'lib keladi. Masalan: ikkita dugona; dugonaikkita: Mana shu ko'ringan - universitet; universitet—mana shuko'ringan.
Gap bo'laklarining odatdagi tartibi o'zgarsa inversiya hodisasi yuz beradi. Bu hodisa ko'proq shevalarda hamda she'riyatda uchraydi. Masalan: