Egri soliqlarni undirish mexanizimi



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#163076
  1   2   3
SOLIQ AMALIY PPT

EGRI SOLIQLARNI UNDIRISH MEXANIZIMI

EGRI SOLIQLARNI UNDIRISH MEXANIZIMI

Soliqlar mohiyati va funksiyasi

  • Soliqlarning eng oddiy ta'rifi quyidagicha: Soliqlar aholidan, korxonalar va xo'jalik yurituvchi boshqa sub'ektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan undirib olinadigan majburiy to'lovlardir. Soliq o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra ijtimoiy mahsulotning (yalpi ichki mahsulotning – YAIM) bir qismi bo'lib, soliq to'lovchi bundan biror-bir foyda ko'rish ko'rmasligidan qat'iy nazar, o'z mablag'laridan davlat hisobiga majburiy ajratmalar ko'rinishida aks etadi.

Soliqlarning bir nechta asosiy funksiyalari mavjud:

  • Soliqlarning asosiy funksiyasi fiskal (lotincha fiscus so'zidan kelib chiqqan bo'lib, g'azna degan ma'noni anglatadi) xususiyatga ega ekanligidir. Bu o'rinda funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo'jaligi tizimi ishlab turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo'lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o'z daromadlari manbaiga ega bo'lmagan qismini (ko'pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishi ta'minlash uchun o'zining mablag'i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental kutubxona, teatrlar, muzeylar, ko'plab o'quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro'y beradi.

EGRI (BILVOSITA) SOLIQLAR

  • EGRI (BILVOSITA) SOLIQLAR – xo’jalik aktlari va aylanmalari hamda moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo’shimcha) tarzida (ko’rinishida) o’rnatilib, soliq to’lovchilaming daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to’gon (bevosita) soliqlardan farq qiladi.

Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin