Ehtimollar nazariyasi elementlari. rahmatova xursanoy
Tasodifiy hodisalar orasidagi munosabatlarni keltiramiz:
Tasodifiy hodisalar orasidagi munosabatlarni keltiramiz:
A va B hodisalar yig‘indisi deb, A va B hodisalarning kamida bittasi (ya’ni yoki A , yoki B, yoki A va B birgalikda) ro‘y berishidan iborat СAB (C AB) hodisaga aytiladi.
A va B hodisalar ko‘paytmasi deb, A va B hodisalar ikkilasi ham (ya’ni A va B birgalikda) ro‘y berishidan iborat C AB(C AB) hodisaga aytiladi.
A hodisadan B hodisaning ayirmasideb, A hodisa ro‘y berib, B hodisa ro‘y bermasligidan iborat C A\ B (C A-B) hodisaga aytiladi.
A hodisaga qarama-qarshiA hodisa faqat va faqat A hodisa ro‘y bermaganda ro‘y beradi (ya’ni A hodisa A hodisa ro‘y bermaganda ro‘y beradi). A ni A uchun teskari hodisa deb ham ataladi.
Agar A hodisa ro‘y berishidan B hodisaning ham ro‘y berishi kelib chiqsa A hodisa B hodisani ergashtiradi deyiladi va AB ko‘rinishida yoziladi.
Agar AB va BA bo‘lsa, u holda A va B hodisalar teng (teng kuchli) hodisalar deyiladi va A B ko‘rinishida yoziladi.
Belgilash
To‘plamlar nazariyasidagi talqini
Ehtimollar nazariyasidagi talqini
Fazo (asosiy to‘plam)
Elementar hodisalar fazosi, muqarrar hodisa
,
fazo elementi
elementar hodisa
A, A
A to‘plam
A hodisa
AB, A B
A va B to‘plamlarning yig‘indisi, birlashmasi
A va B hodisalar yig‘indisi
(A va B ning kamida bittasi ro‘y berishidan iborat hodisa)
AB, AB
A va B to‘plamlarning kesishmasi
A va B hodisalar ko‘paytmasi
(A va B ning birgalikda ro‘y berishidan iborat hodisa)
A\ B, A B
A to‘plamdan Bto‘plamning ayirmasi
A hodisadan B hodisaning ayirmasi (A ning ro‘y berishi, B ning ro‘y bermasligidan iborat hodisa)