Ekologiya uchun biosfera ta’limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosferatirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o’zaro ta’siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir. Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan.
Vernadskiy esa tirik va notirik organizmlarning o’zaro ta’sirini o’rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birinchi sohasi tarzida tushunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo’lishi muammosiga bo’lgan qarashlarini ifodalaydi.U bir necha variantlardan iborat:
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo’lishi muammosiga bo’lgan qarashlarini ifodalaydi.U bir necha variantlardan iborat:
Hayot yer paydo bo’lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan.
V.I.Vernadskiy uchinchi variantni ma’qullagan va bizning sayyoramizda qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo’lmagani haqida ishonchli ilmiy dalil yo’qligini e’tirof etgan.
Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda hamisha bo’lgan. Shunday qilib, olim biosfera deganda YERning nozik qobig’ini tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U Ona sayyoramizdagi hayot qobig’ini, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyusiyasi aql yoki tafakkurning rivojlanish bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi, Oxirgi yillarda biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda, “Noosfera” tushunchasini fransuz matematigi va faylasufi V.M.Rau fanga kiritgan edi. “Noos”-ong demakdir.