Mavzuning dolzarbligi. Havoning ifloslanishi tiriklik, insoniyatning hayoti va istiqboli uchun o‘ta xavfli ekanligini donishmand bobokalonlarimiz bashorat qilib o‘tganlar.Ularning fikricha, ifloslangan havodan nafas oladigan inson, hayvonot va o‘simliklar olami bora-bora nobud bo‘ladi, yashay olmasdan qirilib ketadi. Havoning ifloslanishi kelib chiqadigan jamiki kasalliklarning manbaidir. Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. (O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi” Qonun,1 modda.)
Hozirgi davrda mazkur masala yanada jiddiy ahamiyat kasb etib, jamiyatning eng birinchi o‘rinda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari qatoridan joy oldi. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik hayotiy tajribalari jarayonida sof havo, toza suv va shifobaxsh tabiatning inson salomatligi uchun nihoyatda zarur ekanligini payqab, sinab kelganlar hamda o‘zlarining turli hikmatli so‘zlari, maqollari va fikrlari bilan yosh avlodga o‘qtirib kelganlar.
Mustaqil jamiyatda yashovchi fuqarolaming hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosiga ega bo‘lish, uning ifloslanishiga, kamayishiga hamda fizikaviy omillarning zararli ta‘sir etishiga olib keluvchi hatti- harakatlarni qilmasliklari zarurdir.
Yuksak darajada taraqqiy etgan zamon transportisiz rivojlangan jamiyat asosini yaratib bo'lmaydi. Chunki transport har qanday mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarning muxim tarkibiy qismidir. Bizning mustaqil O'zbekistonimizda ham transport aloxida muxim axamiyatga ega. Binobarin, ham iqtisodiy, ham, siyosiy ham psixologik axamiyat kasb etadi. Har qanday mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan dasturni ro'yobga chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va kengaytirish, amaldagi ishlab chiqarishdan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo'jalik mexanizmini takomillashtirish asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish eng zarur vazifadur. Avtomobil transporti mamlakatimizda g'oyat ko'p va xilma-xil ishlarni bajaradi. U odamlarni kundalik ehtiyojlarini, barcha viloyat va tumanlar o'rtasidagi muntazam aloqalarni ta'minlaydi. Transport tarmoqlarining keng rivojlanganligi, yuqori darajadagi tashish tezligi va ularning o' sishiga katta ta'sir etadi.
Mazkur yo'nalishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatorida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ - 1446-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan —2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikasiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to'g'risida” gi dasturni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu dasturdan ko'zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmoqlarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarini istiqbolda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog'liq holda ildam rivojlanishini ta'minlash hamda buning negizida yangi ish joylarini yaratish, aholining bandligi va turmush darajasini uzluksiz o'sib borishiga erishishdir.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida avtoyo'l-transport majmuasining o'rni transport iqtisodiyot infratuzulmasini shakllantiruvchi tarmoqlardan biri sanaladi va moddiy boyliklarni taqsimlashda transport vositasi sifatida ishlab chiqarish jarayonlarining zaruriy sharoitlari va mehnat quroli vazifasini o'taydi. Yo'llar va harakatdagi vositalar mehnat jarayoni mevasi bo'lgani bilan o'zlari ham mehnat maxsuluni yaratishda ishtirok etadi.
Ekologiya muammosi bugungi kunning umumbashariy muammolaridan biri hisoblanadi. Uning salbiy oqibati hatto yadro xavf xataridan ham dahshatliroq bo'lib, butun olam ahlini tashvishga solmoqda.
Dostları ilə paylaş: |