Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi
faoliyati Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo„mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo„mita atrof
muhit bo„yicha turli axborot va ma‟lumotlarni yig„ib, yuzaga kel gan ekologik
vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelganbo„lsa,
tegishli
tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo„yicha tegishli
choratadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.Atrofmuhit
monitoringini kuzatish va nazorat qilish turli usullarda olib boriladi:
aerokosmik,
avtomatik
laboratoriyalar,
ko„chma laboratoriyalar va
h.k.Aerokosmik usul bilan atmosfera havo massalarining yo„nalishi, havoning
ifloslanishi, tog„lardagi muzliklar,
qorliklar rejimi,tuproq va o„simlik
qoplamlarining holati, ekinlarning o„sishi,ularning holati hamda hosildorligi
kuzatib turiladi. O„zbekistonning ma‟lum bir hududi aerokosmik usulda
kuzatilayotganda
olingan
ma‟lumotlar
avtomatik ravishda tegishli
tashkilotlarga uzatib turiladi.
Dostları ilə paylaş: