Ekologiya fanining asoslari va vazifalari



Yüklə 25,42 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü25,42 Kb.
#195138
EKOLOGIYA FANINING ASOSLARI VA VAZIFALARI


EKOLOGIYA FANINING ASOSLARI VA VAZIFALARI
Reja:

1.Ekologiyaning bo‘limlari va sohalari.


2.Ekologiya fanining asoslari.
Ekologiya antropogen va har xil omillar ta'sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida maTumot bcradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: har yili o‘rmon xo‘jaliklari tabiatda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni yig‘ib olib dori tayyorlash uchun topshiradi. Bunda agar yig‘ib olinayotgan o‘simliklar miqdori qayta o‘sib chiqayotgan o‘simliklar miqdoridan oshsa unda o‘simliklar sekin-asta yo‘qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor o‘simliklarni yig‘ish faqatgina ilmiy asoslangan me'yorlar asosida terib topshirilishi kerak. Bu me'yorlar va yig‘ish muddatlari o‘simliklar jamoasida qayta tiklanish uchun asos bo‘lishi kerak.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog‘lanishlarning tuzilishini, unga bog‘liq bo‘lgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik xususiyatlarini: tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi,- bularning hammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi paytda ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta'riflash mumkin:
-hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o‘rganish:
-insonning xo‘jalik faoliyati tasirida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni oldindan bilish:
-biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni saqlab qolish:
-buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash: shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini yana ishga solish(rekultivatsiya), yaylovlar tuproq hosildorligini, suv havzalari va boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash:
-biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar.
2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Ekologiyaning bo‘limlari haqida. ularning nimalarni o‘rganishini yoritib berish. Yu.Odum bo‘yicha biologik spektr mohiyatini tushuntirish. Identiv o‘quv maqsadlari: 2.1.Ekologiyaning bo‘limlarini izohlab beradi. 2.2.Biologik speklrning mohiyatini xotirada saqlab qoladi.
Populyatsiyalar, turlar. biotsenoz, biogeotsenoz. biosfera kkabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologiya 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: 1 .Autekologiya- « autosn - yunoncha so‘z bo‘lib «o‘zi» degan manoni beradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabati. tur larning-qanday muhitga ko‘proq moslashganligini o‘rganadi.
2Populyatsiyalar ekologiyasi- «populyason» - fransuzcha so‘z bo‘lib, «aholi» degan manoni bcradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi. Ma'lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o‘zgarish sabablarini tekshiradi.
3.Sinekologiya-«sin» degani yunoncha so‘z bo‘lib, «birgalikda» degan ma'noni beradi. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo‘Igan munosabatlarini o‘rganadi. 4.F.kotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo‘limini, ya"ni biosfera (yunoncha «bios»- hayot: «sfera» - shar) haqidagi ta'limotni vujudga keltirdi. Bu ta'limot asoschisi ViVemadskiy hisoblanadi. (1863-1945 yy.), Organizmlar tarqalgan qobiq - biosferadir.
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo‘ladi. ( Yu.Odum. 1986).
Gen hujayra to‘qima organ (organizm populyatsiyajamoaQ abiotik muhit qEkotizm)
Ekologiya fani asoslarini kkeng yoritib berish. Hayot muhiti, biotsenoz, biogeotsenoz, ekotizmlar haqida ma'lumot berish. Identiv o‘quv maqsadlari:
3.1.Ekologiya fani asoslari haqida tushuncha hosil qiladi. 3.2.Evri va stenobiont turlarni farqlaydi.
3.3.Biotsenoz,biogeotsenoz. ekotizim, gomeostaz, biotop kabi tushunchalarmng farqlarini anglab yetadi.
Organizmlami o‘rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo‘ladigan tabiatning bir qismi - hayot muhiti deb ataladi. Yer yuzida organizmlar 4 ta hayot muhitida tarqalganlar. Bular -suv, havo, tuproq, organizmning o‘zi.
Hayot muhitining organizmlarning yashash faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadigan elementlari yoki xususiyatlari- muhit omillari yoki ekologik omillar deb ataladi.
Ekologik omillar jonsiz(abiotik). biotik-jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruhiga ajratiladi. Ekologik omillar alohida mavzuda qarab chiqiladi.
Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning hayotiga turli darajada ta'sir qiladi. Organizmlarning ekologik omillar ta'siriga moslashishi yoki tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi-adaptatsiya deyiladi. Ekologik omillar ta"siriga chidamli va yer yuzida keng tarqalgan organizmlar - evribiontlar: omillar ta'siriga chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa-stenobiontlar deb ataladi. «evros» - keng.»stenos» - tor degan ma'noni beradi.
Biz yuqorida populyatsiya haqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar o‘zini son jihatdan boshqara oladilar.
Tug‘ilish va o‘lish orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar ta'sirida o‘zgarib turadi. Uning sonining kamayishiga -o‘limning ko‘payishi va hosildorlikning kamayishi ta'sir qiladi.
Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zi chlik meyordan boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro‘y beradi. Masalan: Baliq. kalamushlarda populyatsiya zichligi ma'lum darajaga yetganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat yetishmasligi natijasida bo‘ladi. Gormonal o‘zgarishlar kuzatiladi(bola tug‘ish kamayadi) bu esa jinsiy xulq-atvoriga ta'sir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota-ona tomonidan bolalarning yeyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.
Populyatsiya zichligi oshishi bilan hayvonlaming tuxum qo‘yishi kamayadi. o‘simliklarda urug‘ hosil bo‘lishi pasayadi. Joy yetishmasligi bilan migratsiya boshlanadi.
Bir xil populyatsiyalar tug‘ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o‘lish orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya- boshqarish vositasi hisoblanadi.
Populyalsiyaning son jihatdan bir me'yorda saqlanib turilishi-gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» - o‘xshash, statis - holat demakdir.
Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o‘z ichiga oladigan funksional tizim ekologik tizim deyiladi.
Tabiiy va sun'iy ekotizimlar mavjuddir. Shahar, akvarium, tuvakdagi gul. kosmik kema sun'iy ekotizimlarga misol bo‘la oladi. Agar tashqi ta'sir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim o‘z-o‘zini tiklashi mumkin. insonlarning tabiatga ta'siri ekotizimlarning o‘z-o‘zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak.
Ekotizimdagi organizmlaming alohida to‘plami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz-lotincha «bios» - hayot, «senoz» - umumiy degan ma'noni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda quruqlikdagi yoki suv havzalaridagi birga mikroorganizmlarning yig‘indisi tushuniladia. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Me bius tomonidan fanga kiritilgan.
Biotop - biotsenozning yashash muhitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muhit- biotopdir. Bu lotincha so‘z bo‘lib «bios» - hayot. «topos» - yashash joyi demakdir.
Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotscnozni tashkil etadi. Biogeotsenoz - «bios» -hayot: «geo» - yer: «senoz» - umumiy tushunchasini rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif etgan.
Muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganiznilarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir.
Ko‘pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir -birining sinonimi sifatida qo‘llaniladi va deyarli bir xil ma'noni bildiradi, ammo ba'zi bir tomonlari bilan ular farqlanadilar.
Biogeotsenoz Ekotizim
lTabiiy hodisa Tabiiy yoki sun'iy hodisa
hisoblanadi. bo‘lishi mumkin.
2.Uningtarkibigaodam Yirik ekotizimlar odatda
kirmaydi odam ta"sirida bo‘ladi.
3.Ma"lum tabiiy chegaraga Funksional birlik bo‘lgani ,
egabo‘lgan fazoviy birlik uchun qo‘shni ekotizimlardan
ajralib turishi shart emas.
Ekotizimdagi organizmlar oziqa zanjiri orqali o‘zaro bog‘langan. Oziqa zanjiri evolyulsiya jarayonida tashkil topgan.
Tabiatda hayot uchun zarur bo‘lgan moddalar to‘xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof muhitdan kimyoviy moddalami o‘zlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof muhitga qavtadi. Bu jarayon juda murakkab shakllarda boradi. Oziqa zanjirida birinchi bo‘g‘inda keyingilarga qarab biomassa kamayib boradi. «o‘simlik - hashorat - baqa - ilon - kalxat» mana shu oxiqa zanjirida birinchi bo‘g‘indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Oziqa zanjiri murakkab va ko‘p bo‘g‘inli bo‘ladi. Bunda albatta yashil o‘simliklar (hosil
qiluvchilar) produtsentlar: hayvonlar(organik moddalami iste'mol qiluvchilar) konsumentlar: bakteriyalar(organik qoldiqlarni parchalovchilar) rcdutsentlar ishtirok etadilar.
Agar ozuqa zanjirining boshlanishi sifatida yashil o‘simlik hisoblansa bu sarflanish zanjiri deyiladi.Masalan: o‘simlik-kiyik-bo‘ri istmol qilganda.
Agarda ozuqa zanjiri o‘simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilaridan boshlansa. Bunga detrid ya'ni parchalanish zarjiri deyiladi. Masalan: hayvon jasadi- pashsha-baqa-ilon. Shunday qilib. uzoq evolyutsiya jarayonida bir-biriga bog‘liq turlardan barqaror oziqa zanjirlar paydo bo‘ladi. bular boshlang‘ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-keetin olib tabiatda moddalarning doimiy harakatini ta"minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy. Mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan barcha o‘zgarishlar energiyani yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib, u pirovardida issiqlikka aylanib tarqalib ketadi.
2-ma'ruza. Ekologiya fani tarixi.
Ekologi yaning rivojlanishida qadimgi yunon olimlarining ishlari, rus va chet el olimlari faoliyati, o‘rta Osiyo allomalarining tabiat haqidagi fikrlari. o‘zbekistonda ekologik bilimlarning asoschilari- ekolog-geograflar maktabi hamda o‘zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlantinsh tariqi haqida talabalarga maTumot berish. Identiv o‘quv maqsadi:
1. Ekologiyaning rivojlanishida yunon olimlari, chet el olimlari lshlarini izohlab beradi.
2. o‘rta Osiyo allomalarining tabiat haqidagi fikrlari bayon etilgan asarlari ahamiyati.
3. o‘zbekistonda ekolog-geograflar maktabi va uning ahamiyati.
Tirik organizmlar hayolining tashqi muhit bilan bog‘liqligi qadimdan ma'lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o‘simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog‘liqligi haqidagi maTumotlar keltiriladi.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo‘lib. ularni ng ishlarida biz ekologik yo‘nalishlarni ko‘ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (cramizdan 384-322 yil avval). qadimgi yunon filosofi Teofrast(371-280 yil) hayvon va o‘simliklami yashash sharoitiga bog‘liq holda ko‘rib chiqishgan. Aristotel 500 tur hayvonlarni o‘rganib. ularning xulq-atvori , ko‘chib yurishi haqida.Teofrast-o‘simliklarning shakli va o‘sishi-iqlim, tuproq sharoitiga bog‘liqligini aniqlaydi.
Fransuz M.Byuffon (1707-1788) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri masalasi ko‘tarilgan.
J.B.Lamark( 1744-1829) dasllabki evolyulsion taTimotning muallifidir. U o‘simlik hamda hay vonlarning evolyutsion o‘zgarishlarida eng muhim omil deb tashqi muhit ta'sirini hisoblagan.
A,Gumboldtning ishlari o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik yo‘nalishlarni aniqlab berdi. U fanga landshaft «fizionomiyasi» o‘simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. o‘xshash zona va vertikal poyaslarda har xil taksonomik guruhlarda o‘xshash «fizionomik» shakllar ishlab chiqiladi: Bu shakllarning tarqalishi va nisbatiga qarab joyning fizik-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.
Moskva universitetining professori K.F.Rule(1814-1858) zoologiyada o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishni rivojlantirish muhim ekanligini keng targ‘ib qiladi. Bu yo‘nalish-hayvonlar hayotini har tomonlama o‘rganish, atrof - muhit bilan ularning o‘zaro murakkab munosabatlarini t ushuntirish kabilar edi Shunday qilib, K..E.Rele hayvonlarni o‘rganishning keng ekologik tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator ilmiy ishlarni xoldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Seversov ( 1827-1885) hisoblanadi. Uning «Periodicheskiye yavleniya v jizni zverey, ptis i gad Voronejskoy gubernii» (1855 y) nomli ishi Rossiyada ayrim mintaqada hayvonot olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi edi.
Ch. Darvin «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi»(1859 y) asarida - tabiatdagi yashash uchun kurash, ya'ni tur bilan muhi o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov( 1825-1902) o‘simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalishi bilan bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati kaatta ekanligini ko‘rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan o‘rganildi.
1877 yil nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarni asoslab berdi.
o‘simliklar jamoasi haqida Morozov G.F. va Sukachev F.N. batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.
Yüklə 25,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin