Kelichev B
2
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib
sayyoramizdagi barcha
tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning
fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil
hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib
turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb
ataladi. Biosfera Yer sharidagi
eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim
ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera (quruqlik),
gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat.
Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km.
qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha,
dunyo okeanlarining
tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil
etadi.
V.I.Vernadskiy
sayyoramizdagi
barcha
tirik
organizmlar
yig’indisini
“tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy
qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning
umumiy vazni kimyoviy
tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Biosferaning
umumiy vazni 3.10
24
g, shundan tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.10
18
g.
ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi
o’lik moddalar (iqlim,
atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy
ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar
qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi kiradi.
Biosferada
oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik
va tirik moddalarning
birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq
moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar
Yerdagi tirik moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq,
emirilgan jog’ jinslari va barcha tabiiy suvlardir.
Bulardan tashqari
biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik organizmlarning hayoti
davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi.
Ularga nihoyatda
katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktosh
va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi
Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar
aylanishi amalga oshadi.