MAVZU. Biosfera haqida ta’limot.
REJA:
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
Biosferada moddalarning aylanishi.
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar (iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar Yerdagi tirik moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, emirilgan jog’ jinslari va barcha tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ularga nihoyatda katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktosh va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar aylanishi amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |