Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy holati


Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari



Yüklə 83,08 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü83,08 Kb.
#190090
1   2   3   4   5
EKOLOGIK EKSPERTIZA NIZOM XUJJATLARI. EKOLOGIK EKSPERTIZA MAQSADLARI

3 . Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari.


Ekologik ekspertiza – ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.


Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro`yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi, “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:

  • mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to`g`risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`lig`iga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.4

Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chor-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:

  • ma'lumotlar to`plash – ekspertizadan o`tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;

  • umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma'lum tizimga keltirish;

  • tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;

  • Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;

  • Xulosa berish – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.

Yüklə 83,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin