Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy holati



Yüklə 69 Kb.
səhifə1/4
tarix08.05.2023
ölçüsü69 Kb.
#109622
  1   2   3   4
EKOLOGIYA NAZORATI VA O`ZIGA XOS XUSUSIYATI


EKOLOGIYA NAZORATI VA O`ZIGA XOS XUSUSIYATI


Reja:



1 . Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari.

2 . Ekologiya nazoratining tizimi.

3 . Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari.

4 . Ekologik ekspertiza tizimi.

Ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo`mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o`rganish va kuzatish chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`lik siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar iyg`indisini o`z ichiga oladi.


Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqog`arorligini saqlashdan iborat bo`lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etadi.
Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida qo`yidagilar belgilangan:
-atrof tabiiy muhit holatini hamda xo`jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib borish;
-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog`lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajaralishini tekshirish1.
Ekologiya nazorati murokkab jarayonni o`z ichiga oladi va turli xil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishni taqazo etadi.
Ekologiya nazorati jarayonida qo`yidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini shakllantirish;
- atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni o`rganish;
- ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish;
- ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish;
- tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar berish;
- ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish;
- aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targ`ib va tashviqot qilish va boshqalar.
Demak, ekologiya nazorati bilan bog`lik murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya nazorati subyektlari tomonidan qo`yidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo`llaniladi:


  1. Yüklə 69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin