Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish fanidan savol va topshiriqlar. Atrof-muhitga antropogen, kimyoviy, tabiiy va texnogen omillaning ta'siri



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü43,5 Kb.
#36591
  1   2   3   4   5   6
Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish fanidan savol va top-1

Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish fanidan savol va topshiriqlar.



Atrof-muhitga antropogen, kimyoviy, tabiiy va texnogen omillaning ta'siri.

Reja:

1. Antropogen omillarnig tabiiy muhitga ta'siri.

2. Tabiiy omillarning ekologiyaga ta'siri.

3 . Kimyoviy omillar va ularning ekologiyaga ta'siri.

4. Kimyoviy sanoat korxonalarining atrof- muhitga salbiy ta'siri natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar.

5. Atrof-muhitni har xil omillardan himoya qilishga qaratilgan ekologik siyosat.



Antropogen ommilar ta'siri


Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.

  Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi. 

  Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.

  Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda. 

 Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

  Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. 

 Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.


Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin