Ekologiya xuquqi asoslari
tarix 11.02.2023 ölçüsü 0,53 Mb. #83836
EKOLOGIYA XUQUQI ASOSLARI EKOLOGIYA SO’ZI (GREKCHA <> - UY, TURAR JOY HAMDA <> - TA’LIMOT ) INSON YASHAYDIGAN UY, JOY TO’G’RISIDAGI TA’LIMOTNI BILDIRADI. “EKOLOGIYA” SO’ZINI BIRINCHI BO’LIB NEMIS OLIMI ERNEST GEKKEL 1866-YILDA ILMIY MUOMALAGA KIRITGAN. EKOLOGIYA XUQUQI – O’ZBEKISTON XUQUQ TIZIMINING YAXLIT TARMOG’I HAMDA HOZIRGI VA KELAJAK AVLOD MANFAATLARI YO’LIDA JAMIYAT, TABIAT VA INSONNING O’ZARO TA’SIRI SOHASIDAGI IJTIMOIY (EKOLOGIK) MUNOSABATLARNI XUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLUVCHI FAN. Ekologiya tizimlari xuquqiy tartibga solishning obyekti sifatida Ekologik tizimning berkligi (maxdudligi) Ekologik tizimlarning O’zaro aloqadorligi Ekologik tizimlarning biomahsuldorligi, biomahsuldorlikni saqlash va ko’paytirish Ekologik xuquqni ajratishning maxsus davlat manfaati Xuquqiy tartibga solishning maxsus ulushi Ekologik-xuquqiy normalarning maxsus manbaalari Xuquqiy tartibga solishning maxsus predmeti Tarmoqning maxsus tchki tizimi Xuquqiy tartibga solishning maxsus prinsiplari (Xuquqning o’xshash tarmoqlaridan) farq qiluvchi belgilari O’zRning < muhofaza qilish to’g’risida>> gi Qonuni 1992-yil 9-dekabr O’zRning < havosini muhofaza qilish to’g’risida>> gi Qonuni 1996-yil 27-dekabr O’zRning < dunyosini muhofaza qilish va undan foyda- lanish to’g’risida>> gi Qonuni 1997-yil 26-dekabr O’zRning < dunyosini muhofaza qilishva undan foydalanish to’g’risida>> gi Qonuni 1997-yil 26-dekabr O’zRning < muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida>> gi Qonuni 1993-yil 7-may O’zRning < suvdan foydalanish to’g’risida>> gi Qonuni 1993-yil 6-may O’zRning < to’g’risida>> gi Qonuni 1999-yil 15-aprel O’zRning < Kadastri to’g’risida>> gi Qonuni 1998-yil 28-avgust O’zRning < boyliklari to’g’risida>> gi Qonuni 1994-yil23-sentabr O’zRning Yer Kodeksi 1998-yil 30-aprel Boshqa normativ-xuquqiy hujjatlar <> tushunchasi Ekosistemaning tarkibiy qismlarini tabiiy ravishda kelib chiqqan obyektlar tashkil etadi. Har qanday ekosistemaga yopiqlik, ya’ni mustaqil, o’zga ta’sir yordamisiz amal qilish xos Barcha ekosistemalar bir-biri bilan bog’liq. Har bir ekosistema biomahsuldorligi bilan ajralib turadi. Tabiiy obyekt – atrof tabiiy muhitning amaldagi qonunlar bilan muhofaza etiladigan,tabiiy kelib chiqish alomatlariga ega bo’lgan, ekologik, iqtisodiy, madaniy va sog’lomlashtirish funksiyalarini bajarishga hamda insonni o’rab turgan muhitning sifatini ta’minlashga qodir bo’lgan tarkibiy qismi. Ekologik xuquqbuzarlik uchun javobgarlik turlari Ekologik javobgarlik Tabiiy muhitga zarar yetkazishning oldini olish va zarar yetkazilgan taqdirda uni qoplash borasidagi munosabatlarni ifodalovchi normalardan iborat iqtisodiy-xuquqiy kompleksdir. Ekologik javobgarlikning funksiyalari Rag’batlantirish funksiyasi Tabiiy muhitga yetkazilgan yo’qotishlarni natura yoki pul shaklida qoplashga qaratilgan Ekologik muhofaza qilishga majbur etuvchi iqtisodiy va xuquqiy rag’batlar mavjudligida namoyon bo’ladi Jazo choralarini qo’llash va zararni undirish orqali ekologik munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga majburan ta’sir ko’rsatadi Ekologik javobgarlik iqtisodiy va xuquqiy shaklda namoyan bo’ladi. Iqtisodiy shakl – xuquqqa mos faoliyatga asoslanadi va atrof-muhitni ifloslantiruvchi shaxsni chiqitlarni kamaytirishga iqtisodiy usullar, avvalo, moddiy manfaatdorlik bilan qiziqtirish orqali tartibga solinadi. Xuquqiy javobgarlik – xuquqqa xilof qilmishlar natijasida yuzaga keladi hamda ma’muriy-xuquqiy usullar bilan tartibga solinadi. Ekologik xuquqbuzarlik O’zbekistonda o’rnatilgan ekologik-xuquqiy tartibga tajovuz qiluvchi hamda tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi yoki shunday zarar yetkazishning real xavfini yaratuvchi, aybli, g’ayriqonuniy qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir. Ekologik jinoyat O’zbekistonda o’rnatilgan Ekologik-xuquqiy tartibga, Jamiyatning ekologik xavfsizligiga tajovuz qiluvchi hamda atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar yetkazuvchi aybli ijtimoiy xavfli qilmishdir. Ekologik-xuquqiy tartib Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ekologik talablarini amalga oshirish bo’yicha ekologik xuquqbuzarliklar tizimi Ekologik jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zarar iqtisodiy va ekologik shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Iqtisodiy zarar tabiatdan foydalanuvchilarga ularning mulki va daromadlariga zarar yetkaziladi Ekologik zarar atrof tabiiy muhit, uning ayrim tabiiy obyektlari, umuman, tabiiy ekologik tizimning ifloslanishi, nooqilona foydalanilishi, kamayishi va buzilishida namoyon bo’ladi Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro-xuquqiy prinsiplari Inson ekologik xuquqlarining ustunligi Davlatning o’z hududidagi tabiiy resurslarga nisbatan suvereniteti Bir davlat ekologik farovonligiga boshqasining ekologik zarari hisobidan erishishga yo’l qo’ymaslik Barcha darajalarda ekologik nazoratni amalga oshirish Davlatlarning favqulodda holatlarda Bir-birlariga yordam berishi Ekologik-xuquqiy nizolarni tinch yo’llar bilan hal etish Dostları ilə paylaş: