Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketining xususiyatlari



Yüklə 106,08 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü106,08 Kb.
#201849
1   2   3
Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar p

Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin. Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning

holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi. Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham funktsional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin.
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy- matematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning shakli bo’yicha juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay bo’lib, shu tufayli keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan modellar orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan, balki nazariy-iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p boѓlanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish o’sganda resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish ko’payganda yoki daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://www.google.ziyo.net

  2. https://www.google.arxiv.uz

  3. X.Shodievni Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari. asari


Yüklə 106,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin