Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqqan va shakllangan.
Ekonometrika o‘zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo‘llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada bo‘ladi2.
Ekonometrikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi Ekonometrikaning predmeti - bu iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini miqdoriy ifodalanishni o‘rganish hisoblanadi. Iqtisodchilar “Ekonometrika” atamasidan P. Tsempa (1910), Y.Shumpeter (1923), R.Frish (1930) larning tadqiqotlari natijasida qo‘llay boshladilar.
Ushbu termin ikkita so‘z “Ekonomika” va “Metrika” larning birlashishidan hosil bo‘lgan. Grek tilidan tarjima qilganda OIKONOMOS (ekonomist) – bu uy boshqaruvchisi, METRIKA (metrihe, metron) – o‘lchov ma’nolarini bildiradi. Ekonometrika sohasidagi tadqiqotchi olimlar ”ekonometrika” tushunchasining mazmuni belgilashda turli yondashuvlarga asoslanishgan Ekonometrika=ekonomika+metrika. Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.

Ekonometrikani aniqlash bo‘yicha yondashuvlar tahlili hamda ekonometrika fanining holati ayrim masalalarni yechishga erishishda ushbu fanning maqsadini shakllantiradi.
Ekonometrikani asosiy maqsadi– omillararo bog‘lanishlarni, o‘zgarish qonuniyatlarni va tendensiyalarni o‘rganish hisoblanadi.
Ekonometrikaning maqsadi - bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.