Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi iqtisodiy matematika



Yüklə 192,3 Kb.
səhifə1/26
tarix15.10.2023
ölçüsü192,3 Kb.
#155882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali Axborot texno


Iqtisodiy matematika

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali
Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi

IQTISODIY MATEMATIKA
fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun
uslubiy ko‘rsatma (2-qism)

Andijon – 2019
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Agrologistika va biznes fakultetining 5233100 – Agrosanoatda buxgalteriya hisobi, 5233300-Agrobiznes va investitsion faoliyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga Iqtisodiy matematika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar: i .f.n: D.Toshpo‘latov
assistent: D.Iskandarov
assistent: D.Zaxidov


Taqrizchilar:
O‘.Mirhomidov – Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi dotsenti, i.f.n.
R.Jo‘raqulov - Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.
Uslubiy ko‘rsatma Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali o‘quv-uslubiy kengashining __.__.2019 yildagi __-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


So‘z boshi
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra ta’lim sohalarida o‘qitiladigan “Iqtisodiy matematika” fani dasturi zarur bo‘ladigan: chiziqli algebra, analitik geometriya elementlari, matematik tahlil tushunchalari, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘z ichiga olgan bo‘limlardan tashkil topgan.
Talabalar Iqtisodchilar uchun matematika fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: determinantning qiymatini uning ta’rifi va xossalariga ko‘ra hisoblashlarni turli usullar bilan topa olishi; chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tadqiq etishi va ularni turli usullar bilan yechimlarini topishi; to‘g‘ri chiziq va tekislikning turli tenglamalarini bilishi, ular orasidagi burchaklarni hisoblay olishi, ularning parallellik va perpendikulyarlik shartlarini bilishi, nuqtadan to‘g‘ri chiziqqacha masofani hisoblay olishi; ikkinchi tartibli egri chiziqlarni, ularning tenglamalari bo‘yicha tahlil etishi va tasniflashi; differentsiallash va integrallash formulalarini chalkashtirmasdan to‘g‘ri ishlata bilishi; elementar hisoblashda yaxshi tajribaga ega bo‘lishi; integrallarni zarur usullarni qo‘llagan holda osonlikcha topa bilishi; ehtimollar nazariyasi fanini chuqurroq o‘rganishi va iqtisodiy masalalarni yechishda qo’llay olishi kerek.
Uslubiy ko‘rsatmada amaliy mashg‘ulotlarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabalar bilan jamoaviy va individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish orqali tashkil qilish uchun nazariy ma’lumotlar, misollar, test topshiriqlari hamda nazariy savollar berilgan.

Iqtisodchilar uchun matematika fanidan amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan mavzular:







Yüklə 192,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin