Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari


Modellashtirish tushunchasi, turlari



Yüklə 80,26 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü80,26 Kb.
#182336
1   2   3   4   5   6
1-Маъруза

1.2. Modellashtirish tushunchasi, turlari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi.

Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.


Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.


Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:

  1. sub’ekt (tadqiqotchi);

  2. tadqiqot ob’ekti;

  3. o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.

Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
T
Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining munosabatlari guruhlarini model elementlarining shunga o’xshash munosabatlariga birlashtiradi.


urli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning
iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiy-matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi.
Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini qamrab olishi kerak.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti:

    • makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning tarmoqlarida kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish;

    • aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy ma’nosini tushunish;

    • iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek kompyuterda hisoblash tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni o’rganishdan iborat.

«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining vazifalari:

    • iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini qurish va ularni echish usulini tanlash;

    • matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish;

    • makro- va mikroiqtisodiyotda qo’llanilayotgan turli matematik modellarni o’rganishdan iborat.

Iqtisodiy-matematik modellarning tasnifi
M
Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo’llari o’rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, texnika fanlarida keng qo’llaniladi.
birlashtiradi.


odellashtirish va modellar o’zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.

Ammo moddiy modellashtirishdan iqtisodiy maslalarni echish uchun foydalanishda ma’lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni biror sohasini o’rganish bilan butun iqtisodiy ob’ekt haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Ko’pgina iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo’ladi va ko’p xarajat talab etadi.




Yüklə 80,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin