Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari


Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari



Yüklə 80,26 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü80,26 Kb.
#182336
1   2   3   4   5   6
1-Маъруза

1.3. Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.
I
Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni formallashtirish, uni tayinli matematik boѓlanishlar va munosabatlar (funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko’rinishida ifodalash bosqichidir. Odatda avval matematik modelning asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so’ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o’zgaruvchilar va parametrlarning konkret ro’yxati, boѓlanishlar shakli) aniqlashtiriladi.


qtisodiy muammoning qo’yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish.
Bu bosqich modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini boѓlovchi asosiy boѓlanishlarni o’rganishni; ob’ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi.


Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu erda tadqiqotning sof matematik usullari qo’llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida echimning mavjudligi, yagonaligi, echimga qaysi o’zgaruvchilar (noma’lumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi munosabatlar, bu o’zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga boѓliq ravishda o’zgarishi, ularning o’zgarishining yo’nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar model tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchini saqlaydi.
Shunga qaramay, murakkab iqtisodiy ob’ektlarning modellari juda katta qiyinchilik bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Analitik usullar bilan modelning umumiy xossalarini aniqlashning ilojisi bo’lmaydigan hamda modelni soddalashtirish maqsadga muvofiq bo’lmagan natijalarga olib keladigan hollarda tadqiqotning sonli usullariga o’tiladi.


Yüklə 80,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin