Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari


Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash



Yüklə 80,26 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü80,26 Kb.
#182336
1   2   3   4   5   6
1-Маъруза

Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash. Modellashtirish axborot tizimiga qat’iy talablar qo’yadi. Shu bilan birga axborot olishning haqiqiy imkoniyatlari amalda qo’llash uchun mo’ljallangan modellarning tanlanishini chegaralab qo’yadi. Bunda nafaqat (aniq muddatlarda) axborot tayyorlashning amaldagi imkoniyati, balki tegishli axborot massivlarini tayyorlashning sarf-xarajatlari ham e’tiborga olinadi. Bu sarf-xarajatlar qo’shimcha axborotdan foydalanish samarasidan oshishi kerak emas.




Sonli echish. Bu bosqich masalani sonli echish uchun algoritmlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’tkazishni o’z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiy masalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlash zaruriyatidan kelib chiqadi.
Sonli usullar bilan o’tkaziladigan tadqiqot analitik tadqiqot natijalarini jiddiy to’ldirishi mumkin, ko’pgina modellar uchun esa u amalga oshiriladigan birdan-bir tadqiqot bo’ladi. Sonli usullar bilan echish mumkin bo’lgan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqot qilish mumkin bo’lgan masalalar sinfidan ancha kengroq.
Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Tsiklning bu yakunlovchi bosqichida modellashtirish natijalarining to’ѓriligi va to’laligi, ularning amalda qo’llanish darajasi haqida muammo ko’tariladi.
Tekshirishning matematik usullari modellarning noto’ѓri tuzilishini aniqlashi va shu bilan to’g’ri bo’lishi mumkin bo’lgan modellar sinfini toraytiradi. Model vositasida olinadigan nazariy xulosalar va sonli natijalarning formal bo’lmagan tahlili, ularni mavjud bilimlar va haqiqatdagi faktlar bilan solishtirish iqtisodiy masala qo’yilishining, qurilgan matematik modelning, uni axborot bilan va matematik ta’minlashning kamchiliklarini payqashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar


Yüklə 80,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin