Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Tsiklning bu yakunlovchi
bosqichida modellashtirish natijalarining to’ѓriligi va to’laligi, ularning amalda
qo’llanish darajasi haqida muammo ko’tariladi.
Tekshirishning matematik usullari modellarning noto’ѓri tuzilishini aniqlashi
va shu bilan to’g’ri bo’lishi mumkin bo’lgan modellar sinfini toraytiradi. Model
vositasida olinadigan nazariy xulosalar va sonli natijalarning formal bo’lmagan
tahlili, ularni mavjud bilimlar va haqiqatdagi faktlar bilan solishtirish iqtisodiy
masala qo’yilishining, qurilgan matematik modelning, uni axborot bilan va
matematik ta’minlashning kamchiliklarini payqashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |