Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari



Yüklə 370,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix10.05.2022
ölçüsü370,86 Kb.
#57155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti



Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari 

 



 

 

1.1.  Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti 

Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy 

munosabatlarga 

miqdoriy 

o’lchamlarni  berishdan  iborat.  “Ekonometrika” 

iborasi(so’zi)  1910  yilda  (Avstro-Vengrya)  buxgalter  P.Tsemp  tomonidan  kiritilgan 

(u  “ekonometriya”  degan).  Tsemp,  “Agar  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlariga 

algebriya  va  geometriya  usullarini  qo’llansa,  u  holda    xo’jalik  faoliyati    natijalari 

to’g’risida  yanada    chuqurroq  tasavvurga  ega  bo’lish  mumkin”  deb  ta’kidlagan. 

Ushbu  ibora  ko’p  vaqt  davomida  ishlatilmagan  bo’lsada,  “ekonometrika”  iborasi 

iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.  

Iqtisod  fanida  yangi  yo’nalish  -  “ekonometrika”  1930  yilda  paydo  bo’ldi. 

“Ekonometrika”  (grekcha  “metron”)  so’zi  ikkita  “ekonomika”  va  “metrika” 

so’zlarining  birlashmasidan  tashkil  topgan.  Shunday  qilib,  iboraning  o’zida 

ekonometrikani  fan  sifatida  uning  xususiyati  va  mazmuni  ifodalanadi.  Uning 

mazmuni:  iqtisodiyot  nazariyasi  tomonidan  ochilgan  va  asoslangan  aloqa  va 

munosabatlarni  miqdoriy  ifodalashdan  iborat.  Demak  ekonometrika  iqtisodiy 

hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. 

Ekonometrikaning  yuzaga  kelishi  iqtisodiyotni  o’rganishda  bir  nechta  fanlarni 

birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika 

va  matematik  usullarni  birlashtirish  va  o’zaro  to’ldirish  natijasida  yuzaga  kelgan. 

Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi 

tadbiq etilgan. 

1-MA’RUZA 




Yüklə 370,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin