analitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy
modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi.
Iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning
ishlab chiqarish-texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohida
qismlarini tadqiq qilish uchun mo’ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan
iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo’yicha tasniflashda butun iqtisodiyot
modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar
va hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va
taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aloqalar va shu
kabilar modellarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)ni ajratib ko’rsatish
mumkin.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular
tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy
tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan
foydalaniladi.
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
11
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki
parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi
tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning
o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga
xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin.
Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning
holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi.
Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli
bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham
funktsional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini
rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har
bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin.
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga
tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini
tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va
rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq
muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-
matematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi
mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning shakli bo’yicha
juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay bo’lib, shu tufayli
keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va
chiziqli bo’lmagan modellar orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan,
Determinirlangan modellar model o’zgaruvchilari orasidagi qat’iy
funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq
qilinayotgan ko’rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligiga yo’l qo’yadi
hamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik
statistikaning vositalaridan foydalanadi.
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
12
balki nazariy-iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p
boѓlanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish o’sganda
resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish ko’payganda yoki
daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k.
Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o’z ichiga olishiga qarab
fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.
Shunday qilib, iqtisodiy-matematik modellarning umumiy tasnifi o’ndan ortiq
asosiy belgilarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlarning rivojlanishi
bilan qo’llanilayotgan modellarni tasniflash muammosi murakkablashadi. Yangi
turlar (ayniqsa aralash turlar)dagi modellarning va ularni tasniflash yangi
belgilarining paydo bo’lishi bilan bir qatorda har xil turdagi modellarning
murakkabroq qurilmalarga birlashishi jarayoni amalga oshadi.
Iqtisodiy-matematik usullardan matematik iqtisodiyotda va ekonometrikada
qo’llaniladigan usullarni alohida ajratib ko’rsatish lozim. Matematik iqtisodiyot —
iqtisodiy fanning iqtisodiy jarayonlar matematik modellarining xossalari va
echimlarini tahlil qilish bilan shuѓullanadigan bo’limidir. Matematik iqtisodiyotda
tayinli formal asoslar (chiziqlilik, qavariqlik, monotonlik va shu kabi boѓliqliklar,
kattaliklar o’zaro boѓliqligining konkret formulalari)ga asoslangan nazariy modellar
tadqiq qilinadi. Matematik iqtisodiyotning vazifasi model echimining mavjudligi,
uning nomanfiyligi, statsionarligi shartlari, boshqa xossalarning borligi haqidagi
muammoni o’rganishdir.
Dostları ilə paylaş: |