1.2. Modellashtirish tushunchasi, turlari
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan
tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik
masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy,
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning
eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga
imkon beradi.
Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular
juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan
nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan
xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan
haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni
tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:
1) sub’ekt (tadqiqotchi);
2) tadqiqot ob’ekti;
3) o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini
vositalovchi model.
Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan
ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday
bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar
beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi
muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim
bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
8
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi
va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya,
biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola
boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit
(klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan
ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish
usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi
muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiy-
matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni
o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan
kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi.
Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish
tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini
qamrab olishi kerak.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti:
Dostları ilə paylaş: |