tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi,
mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.
Ekonometrika fanining predmeti,
usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
9
makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning tarmoqlarida kechayotgan
iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish;
aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy
ma’nosini tushunish;
iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek kompyuterda hisoblash
tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni o’rganishdan
iborat.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining vazifalari:
iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini qurish va ularni echish
usulini tanlash;
matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari
haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish;
makro- va mikroiqtisodiyotda qo’llanilayotgan turli matematik modellarni
o’rganishdan iborat.
Iqtisodiy-matematik modellarning tasnifi
Modellashtirish va modellar o’zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab,
moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.
Ammo moddiy modellashtirishdan iqtisodiy maslalarni echish uchun
foydalanishda ma’lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni biror sohasini
o’rganish bilan butun iqtisodiy ob’ekt haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Ko’pgina
Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni
geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan,
ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va
turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi.
Bu modellar yordamida turli xil texnologik jarayonlarni optimal
boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo’llari o’rganiladi.
Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib,
texnika fanlarida keng qo’llaniladi.
birlashtiradi.
Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va asosiy tushunchalari
10
iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo’ladi va ko’p xarajat
talab etadi.
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan
iborat. O’z navbatida, belgili abstrakt modellar matematik va logik tillar shaklidagi
matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik
boѓlanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir.
Hozirgi paytda matematik modellashtirish iqtisodiy tadqiqotlarda, amaliy
rejalashtirishda va boshqarishda etakchi o’rin egallib, kompyuterlashtirish bilan
chambarchas boѓlangan.
Iqtisodiy-matematik modellar turli asoslarga ko’ra tasniflanadi.
Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning
umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariy-
Dostları ilə paylaş: