Ekonometrika


- Iqtisodiyot dinamikasi modellari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə33/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#47012
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Ko’p o’zgaruvchili chiziqli regression modelni qurish

6.4.- Iqtisodiyot dinamikasi modellari

6.4.1 Uslubiy ko’rsatma

Iqtisodiyot dinamikasi modellarini tuzishda vaqt uzluksiz yoki diskret deb qaralishi mumkin. Vaqt uzluksiz holda olinganda modellashtirish uchun differentsial hisobi apparati va differentsial tenglamalar qo’llanadi. Vaqt diskret holda olinganda modellashtirish uchun chekli ayirmali tenglamalar apparati qo’llaniladi.

Diskret yondashuv asosida amalga oshiriladigan makroiqtisodiyot dinamikasi modelida diskret va uzluksiz dinamik modellashtirishning sodda apparatini namoyish etish, makroiqtisodiyot dinamikasininng muhim kategoriya va muammolarini tasvirlash qulay.

Iqtisodiyot dinamikasini o’rganishda turli modellar qo’llaniladi, Jumladan, muvozanatning oddiy modeli -O’rgimchak to’risimon model. Bu model odatdagi talab va taklif egri chiziqlari bilan ifodalanuvchi bozordagi baho va mahsulotlarning miqdorlari turg’unligini vaqt bo’yicha kechikish mavjud bo’lganda tadqiq qilish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi joriy davrda mahsulotga bo’ladigan taklifni o’tgan davrdagi mahsulot bahosiga asosan aniqlagan bo’lsin, ya’ni taklif funktsiyasida bir vaqt birligi davriga teng bo’lgan kechikkan davr qatnashadi. Haqiqatda, ishlab chiqarish hajmi haqidagi qaror joriy bahoni hisobga olgan holda qabul qilinadi va bozorda bu qarorga mos keluvchi taklif ishlab chiqarish tsikli tugagandan so’ng yuzaga keladi.

Talab egri chizig’i mahsulot hajmiga bo’lgan talabni aynan shu davrdagi tovar narxiga bog’liqligini tavsiflaydi, ya’ni Shunday qilib baho dinamikasini quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalash mumkin:



yoki


Ushbu tenglamadan joriy davrdagi baho qiymati -Pt ni avvalgi vaqt holatida ma’lum bo’lgan pt-1 ning qiymati bo’yicha aniqlash mumkin.

Hususiy hol sifatida talab va taklif funktsiyalari chiziqli bo’lgan o’rgimchaksimon modelni ko’rib chiqamiz.

Bunday tizimning dinamikasini ifodalovchi tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:



yoki

Avval muvozanat baho va muvozanat ishlab chiqarish hajmi ni topamiz. Ular quyidagi tenglamalarni qanoatlantirishlari kerak:



bundan


va

kelib chiqadi.

Boshlang’ich nuqta muvozanat nuqta bilan ustma-ust tushmagan holatda baho va ishlab chiqarish hajmi munosabatlarini ko’rib chiqaylik.

pt ni pt-1 orqali ifodalab quyidagni olamiz.



Ushbu munosabatni ketma-ket qo’llab quyidagilarni topamiz:



Umumiy holda



Ixtiyoriy t vaqtda Pt uchun formula:



Tahlil, < 1, va bo’lganda, ya’ni taklif chizig’i talab chizig’iga nisbatan ko’proq og’ishgan bo’lsa, muvozanat turg’un bo’ladi. Agar > 1 bo’lsa, ya’ni talab chizig’i o’ta og’ishgan bo’lsa, u holda va jarayon muvozanat nuqtasidan uzoqlashadi (muvozanat turg’un bo’lmaydi). =1 bo’lganda, ya’ni B=E holatda Pt qiymati muvozanat qiymati atrofida ketma-ket takrorlanadi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin