6.4.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala.
D = 40 – 2p talab funktsiyasi uchun p = 4 bo’lganda narx bo’yicha talab elastikligini toping.
2-masala.
Mahsulotga talab D (p) = 100 – 3p formula bilan aniqlagan bo’lsin. Mahsulot narhi p = 20 pul birligi bo’lganda talab elastikligini toping.
3-masala.
Mahsulot tannarxi S va uni ishlab chiqarish hajmi Q orasidagi bog’lanish
C= 50 –0,5Q formula orqali ifodalan bo’lsin.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q = 30 pul.birligi bo’lganda tannaraxning elastikligini topish talab etiladi.
4-masala.
Dunyo bozorida neftning p narx bo’yicha uzoq muddatli talab D va taklif S funktsiyalari mos ravishda quyidagi ko’rinishda berilgan bo’lsin
D = 30 – 0,9p, S = 16 + 1,2p.
Muvozanat nuqtasida talab elastikligini toping. Bozorda neftga taklif 25%ga kamayganda muvozanat bahosi va talab elastikligi qanday o’zgaradi.
5-masala.
r narx bo’yicha D talab va S taklif funktsiyalari mos ravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalansin
D = 9 –p, S = 1+p.
Muvozanat narxda talab va taklif elastikligini, hamda narx 10%ga oshganda foyda o’zgarishini (foizlarda) toping.
Dostları ilə paylaş: |