________________________________________________________________ "Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru Adabiyotlar sharhi. Raqamli texnologiyalar bugungi kunda bizning
hayotimizning bir qismi, turli sohalarda amaliyot yuritishda keng tarqalgan holda
qoʻllanilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida raqamlashtirish yuzasidan bir qancha
olimlar oʻz fikrlarini bildirishgan.
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi marta 1994 yilda Kanadalik
iqtisodchi Don Tapskottning tomonidan ishlatilgan. Muallif oʻz ishida
raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirgan. U tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirish va biznes yuritishning mutlaqo yangi biznes
modellarining paydo boʻlishini raqamlashtirishning asosiy afzalliklardan biri deb
hisoblagan.
V.A.Plotnikovning tadqiqotlarida raqamlashtirish bu "axborotlashtirishni
rivojlantirishning zamonaviy bosqichi boʻlib, axborotni yaratish, qayta ishlash,
uzatish, saqlash va vizualizatsiya qilish uchun raqamli texnologiyalardan keng
koʻlamda foydalanish bilan tavsiflanuvchi yangi qurilma va dasturiy
taominotning birlashmasi bilan tavsiflanadi” deb ta’rif bergan. Bundan tashqari u
korxonalar raqamli texnologiyalardan foydalanganda erishadigan bir qancha
afzalliklarni sanab oʻtgan:
- ishlab chiqarishning moslashuvchanligi uning tez qayta konfiguratsiyasi,
ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining dinamik oʻzgarishi hisobiga ortadi, bu
esa raqobatdosh ustunlikni yaratadi va potentsial foyda oʻsishiga olib keladi;
- mahsulotlarni ishlab chiqishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan
hayot tsiklining bosqichlarini axborot integratsiyasini ta’minlaydi, bu bizga
nafaqat ishlab chiqarishni optimallashtirish, balki sifat, ekologik xavfsizlik,
biznesning yangi imkoniyatlarini yaratish va hokazolarni samarali va har
tomonlama hal qilish imkonini beradi
1
.
Brynjolfsson va Kahinlar (2002) tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish
masalalari ilk marotaba 1990 yillarning oʻrtalarida muhokama mavzusi sifatida
1
V. A. Plotnikov, Proceedings of St. Petersburg State University of Economics, 4 (112), 16-24 (2018).