________________________________________________________________ "Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru targ‘ib qilinib, ilk ta’riflar keltirilib, mazkur ta’riflarda korxona va
iste’molchilarni virtual dunyoda uchrashtiruvchi vosita sifatida e’tirof etildi
2
.
Raqamlashtirishning rivojlanishi bilan korxonaning biznes modellari doimiy
ravishda oʻzgarib turadi. Shuning uchun koʻpgina mualliflar raqamlashtirish
ta'rifini turlicha izohlaydilar. Masalan, Aleksandr Kutsman raqamli iqtisodiyotni
“moddiy mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda resurslarni aniqlash,
saqlash, qayta ishlash uchun raqamli texnologiyalardan faol foydalanish asosida
axborot va bilimlarning ustuvor roli bilan tavsiflangan zamonaviy iqtisodiyot turi
sifatida tavsiflanadi”. Aksanov R. K. raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va
electron tijorat xizmatlarini ishlab chiqarishga asoslanganligini ta'kidlaydi.
Elektron tijorat ostida Aksanov R.K. kapitalning elektron harakati, elektron
mahsulotlar, shuningdek, elektron axborot almashinuvi jarayonini nazarda tutadi
3
.
Milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida yangi axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanish, ularda raqamlashtirish tizimlarini joriy etish usullari, yangi
axborot tizimlari asosida raqamli modellashtirish tamoyillari, korporativ
boshqarish jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish
samaradorliklarini baholash, ular nazoratini amalga oshirish, raqamli
iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari kabi masalallar Qobulovning (1998)
ilmiy izlanishlarida oʻz aksini topgan
4
.
E.Muminova tadqiqotlarida mamlakat sanoatini rivojlantirishda blokchain
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, korxonalar kooperatsiyasida
elektron savdo hamda elektron shartnomalarning ahamiyati toʻg’risida izlanishlar
olib borilgan. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik,
xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash
2
Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massachusetts Institute of
Technology, Cambridge, MA
3
Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А.Евневич, А.В. Колышкин //
Российское предпринимательство. Том 18, – 2017. – №7. – С.1127-1130.
4
Кобулов В.К. (1998) Алгоритмизация в социально-экономических системах. Tashkent: Fan, 320 s.
(Kobulov V.K. (1998) Algorithmization in socio-economic systems. - Tashkent: Fan, 320 p.)