Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi, balki ularni o’ziga xos birlashtiradi. Katta ierarxik sathlarni tashkil topishida bog’lovchi tugun bo’lib qatnashadi.
O’rmoncho’lni o’rmon va cho’l ekotizimlar oralig’idagi global ekoton sifatida qarash mumkin. Vertikal chegaralarni ajratish murakkabroq. Masalan, ba‘zi mualliflar (A.R.Reytyum, K.N.Dyakonov va boshq.). geomajmualar yuqori chegarasining holatini, ularning toksonomik darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq deb hisoblashadi. Boshqa mualliflarning (masalan, A.G.Isachenko) ko’rsatishicha, ko’pgina atmosfera hodisalari (bulutlilik, yoginlar va boshq.) qaysi balandlikda shakllanishiga bog’lik bo’lmagan holda, biogeotsenozda ham yuqori darajadagi toksonlarda ham teng ko’rsatkichda tavsiflanadi. N.L.Beruchashvili bo’yicha biogeotsenozning yuqori chegarasi eng baland daraxtlar uchi bilan aniqlanadi. Mualliflarning fikricha, bu biogeotsenoz, biotsenoz yig’indisi deb tushunilib, tashqi muhit qayta shakllanishi (o’zaro ta‘sir), ko’proq ( bu holda havo massasi) o’simlik qatlamlarida seziladi.
Quyi chegarani belgilashda umumiy tushuncha yo’q. M.A.Glazovskiy quyi chegarani o’simliklar tizimi ildizlarining asosiy qismi joylashgan (99% ko’proq) quyi sathdan o’tkazishni tavsiya qiladi.
Boshqa mualliflar esa, uni yumshoq va asosiy tog’ jinslari birlashgan joydan, sizot suvlari sathi-holatiga qarab, doimiy o’zgarmas harorat chuqurligi va boshqalar orqali o’tkazishni taklif qiladi. Bu holatda ba‘zi neftgaz mavjud bo’lgan xududlarga yer yuzasidan 3-4 km chuqurlikda topilgan anaerob bakteriyalarni nima qilish kerak?
Ekotizimlarning vaqtinchalik chegaralari undan ham murakkabroq masala. Vaqtning bir tomon yo’nalishiga bog’liq holda, uni ikki chegarasi haqida gapirish mumkin: ekotizim mavjudligining boshi va oxiri haqida. Zamonaviy ekotizimlar mavjudligining oxiri- bu uning kelajakdagi faoliyatini tugashini bashorat qilinishidir.
Ikkita vaqtinchalik chegara oralig’i ekotizimlar mavjudligining uzunligi deb ataladi. Ekotizimning paydo bo’lishi, uning faoliyatini davrimizgacha davom etishi zamonaviy ekotizimning yoshi bilan tavsiflanadi.