Sinov ekskursiyasini o`tkazish va ekskursiyani tasdiqlash tartibi Ekskursiyaning uslubiy ishlanmalari va asosiy matni ijobiy baholanib, «gid portfeli», marshrut sxemasi taxlanganidan so`ng sinov ekskursiyasi kuni belgilanadi. Sinov ekskursiyasini odatda ijodiy guruh rahbari o`tkazadi. Sinov ekskursiyasida turfirma rahbarlari, ijodiy guruh a‘zolari, to`garak a‘zolari, soha mutaxassislari taklif etiladi. Sinov ekskursiyasi jonli bahs-munozara tarzida o`tkazilib, ushbu jarayonda kamchiliklar aniqlanadi. Sinov ekskursiyasi ishtirokchilari avvaldan uning asosiy matni, texnologik haritasi, marshrut sxemasi, «gid portfeli»tarkibi, adabiyotlar ro`yxati bilan tanishib chiqqan bo`lishi kerak. Agar ekskursiyaning asosiy matni, texnologik haritasi, narxi va foydalilik darajasi ijobiy baholansa, unda ekskursiya muassasasi rahbari yangi ekskursiya mavzusi va uni o`tkazishga ruxsat olgan gidlar ro`yxatini tasdiqlash bo`yicha buyruq chiqaradi. Mavzuni mustaqil tayyorlagan boshqa gidlar keyinchalik mustaqil sinov ekskursiyasini o`tkazishadi. Ish stajidan qat‘iy nazar gid uchun yangi bo`lgan mavzuda ekskursiya o`tkazishdan oldin uning qo`lida individual matn bo`lishi shart va shundagina rahbariyat buyruq chiqaradi.
Sinov ekskursiyasini o`tkazishva ekskursiyani tasdiqlash tartibi Ekskursiyaning uslubiy ishlanmalari va asosiy matni ijobiy baholanib, «gid portfeli», marshrut sxemasi taxlanganidan so`ng sinov ekskursiyasi kuni belgilanadi. Sinov ekskursiyasini odatda ijodiy guruh rahbari o`tkazadi. Sinov ekskursiyasida turfirma rahbarlari, ijodiy guruh a‘zolari, to`garak a‘zolari, soha mutaxassislari taklif etiladi. Sinov ekskursiyasi jonli bahs-munozara tarzida o`tkazilib, ushbu jarayonda kamchiliklar aniqlanadi. Sinov ekskursiyasi ishtirokchilari avvaldan uning asosiy matni, texnologik haritasi, marshrut sxemasi, «gid portfeli» tarkibi, adabiyotlar ro`yxati bilan tanishib chiqqan bo`lishi kerak. Agar ekskursiyaning asosiy matni, texnologik haritasi, narxi va foydalilik darajasi ijobiy baholansa, unda ekskursiya muassasasi rahbari yangi ekskursiya mavzusi va uni o`tkazishga ruxsat olgan gidlar ro`yxatini tasdiqlash bo`yicha buyruq chiqaradi. Mavzuni mustaqil tayyorlagan boshqa gidlar keyinchalik mustaqil sinov ekskursiyasini o`tkazishadi. Ish stajidan qat‘iy nazar gid uchun yangi bo`lgan mavzuda ekskursiya o`tkazishdan oldin uning qo`lida individual matn bo`lishi shart va shundagina rahbariyat buyruq chiqaradi.