Ekskursiya xizmati marshrutini tayyorlash ko`p bosqichli jarayon bo`lib, yuqori malaka talab etadi va yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash texnologiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Avtobusli marshrutni tayyorlashda «Yo`l harakati qoidalari», «Avtomobil transporti nizomi», «Yo`lovchilarni tashish qoidalari» va boshqa me‘yoriy hujjatlarga amal qilinishi lozim. Ekskursiya mavzusidagi roliga ko`ra obyektlar asosiy hamda Qo`shimcha bo`lishi mumkin. Asosiy obyektlar chuqur tahlil qilinadi, ularda asosiy savollar yoritiladi. Qo`shimcha obyektlar esa ekskursantlar bir obyektdan ikkinchisiga harakatlanayotganida ko`rsatiladi va u ko`p e‘tibor talab qilmaydi. Ekskursiya xizmati marshruti obyektlarni ko`rsatishning eng to`ri ketma-ketligi tamoyilida tuziladi va quyidagi talablar inobatga olinadi: obyektlarni ko`rsatishni ma‘lum bir mantiqiy ketma-ketlikda olib borish, marshrutning bir uchastkasidan (ko`cha, maydon, ko`prik) takroriy harakatlanishiga yo`l qo`ymaslik; obyektlarni ko`rsatish qulayligi (ko`rish uchun maxsus maydonlar); obyektlarni ko`rsatish va hikoya qilish oraliida uzoq tannaffus bo`lmasligi uchun obyektlar oraliidagi vaqt 10-15 daqiqadan oshmasligi; qulay sharoitli to`xtash joylarining mavjudligi, shu jumladan sanitar ehtiyojlar va avtomobillarning parkovkasi uchun va h.k.
Ekskursiya xizmati marshrutini tayyorlashko`p bosqichli jarayon bo`lib, yuqori malaka talab etadi va yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash texnologiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Avtobusli marshrutni tayyorlashda «Yo`l harakati qoidalari», «Avtomobil transporti nizomi», «Yo`lovchilarni tashish qoidalari» va boshqa me‘yoriy hujjatlarga amal qilinishi lozim. Ekskursiya mavzusidagi roliga ko`ra obyektlar asosiy hamda Qo`shimcha bo`lishi mumkin. Asosiy obyektlar chuqur tahlil qilinadi, ularda asosiy savollar yoritiladi. Qo`shimcha obyektlar esa ekskursantlar bir obyektdan ikkinchisiga harakatlanayotganida ko`rsatiladi va u ko`p e‘tibor talab qilmaydi. Ekskursiya xizmati marshruti obyektlarni ko`rsatishning eng to`ri ketma-ketligi tamoyilida tuziladi va quyidagi talablar inobatga olinadi: obyektlarni ko`rsatishni ma‘lum bir mantiqiy ketma-ketlikda olib borish, marshrutning bir uchastkasidan (ko`cha, maydon, ko`prik) takroriy harakatlanishiga yo`l qo`ymaslik; obyektlarni ko`rsatish qulayligi (ko`rish uchun maxsus maydonlar); obyektlarni ko`rsatish va hikoya qilish oraliida uzoq tannaffus bo`lmasligi uchun obyektlar oraliidagi vaqt 10-15 daqiqadan oshmasligi; qulay sharoitli to`xtash joylarining mavjudligi, shu jumladan sanitar ehtiyojlar va avtomobillarning parkovkasi uchun va h.k.