Gistogramma - bu tekshiriluvchi belgilarini chastotali taqsimlanishi «ustunli» diagrammasidir. Gistogrammalarni qurishda abtsissalar o‘qida o‘rganiladigan kattalik ko‘rsatkichi joylashtiriladi. Ordinatalar o‘qida esa chastotalar yoki tekshirilayotgan tanlovda ushbu diapazon kattaliklarida uchraydigan nisbiy chastotalar joylashtiriladi. Agarda gistogrammada nisbiy chastotalar aks ettirilsa, unda hamma ustunlar maydoni 1 ga teng. Poligonda belgilari berilgan kattalikka ega bo‘lgan sinovda ishtirok etuvchilar sonini taqsimlashni nuqtalar va koordinatalar bilan belgilaydilar: X belgisining, Y aniq gradatsiya yoki nisbiy chastotalar( belgilari ana shu gradatsiyalarda odamlar sonining butun tanlab olingan ko‘rinishi). Nuqtalar to‘g`ri chiziqlar bilan birlashtiriladi, taqsimlash poligoni yoki gistogrammani qurishdan oldin tadqiqotchi belgilar intervallar yoki nisbatlar shkalasida berilgan bo‘lsa, o‘rganilayotgan kattalik diapazonini teng qismlarga bo‘lishi kerak. 5 tadan kam bo‘lmagan, lekin 10 tadan ko‘p bo‘lmagan gradatsiyadan foydalanish tavsiya etiladi.
Sektorli aylana diagrammada har bir sektor kattaligi har bir turning uchrashi kattaligiga proportsionaldir. Axborotlarni grafikdan analitikka o‘tishini aks ettirish variantini berish navbatdagi belgilar funktsional bog`liqligini ko‘rsatuvchi grafiklar hisoblanadi. Umuman aytganda, taqsimlash poligonlari - bu belgining uning kattaligida uchrashiga bog`liqdir. Jadval(grafik) turlarini mazmuniga ko‘ra 2 shartli tipga ajratamiz :
Vaqtga asosan parametr o‘zgarishlariga bog`liqlikni ifodalovchi;
2. Bog`liq bo‘lmagan va bog`liq bo‘lgan navbatni ifodalash. Idrok etilgan material va o‘rganilgandan so‘ng o‘tgan vaqtga nisbatan idrok etish materiali hajmining o‘rtasidagi aloqadorlikni birinchi bo‘lib G.Ebbingauz aniqlab bergan. «O‘rganish egri chizig`i», yoki «unutish egri chizig`i»ning ko‘p sonli muqobilini vaqtga ko‘ra faoliyat samaradorligidagi o‘zgarishlar ko‘rsatadi.
Jadval tuzishda bir qator oddiy tavsiyalar ham mavjud. Jumladan, L.V.Kulikov boshlovchi tadqiqotchilarga quyidagi maslahatlarni beradi:
Matn va jadval o‘zaro bir-birini to‘ldirishi kerak.
Jadval tushunarli, «o‘z -o‘zidan tushunarli bo‘lishi» va zarur belgilarni o‘ziga kiritishi kerak.
Jadvalda to‘rttadan ortiq egri ifoda bo‘lishi mumkin emas.
Jadval chiziqlari eng muhim raqamlarni, ahamiyatli parametrlarni ifodalashi shart.
Pastda yoki chap tomonda jadval ifodasi yozilishi shart.