Korrelyatsion tadqiqot deb bir necha o‘zgaruvchi o‘rtasidagi statistik bog`lanishlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun o‘tkaziladigan tadqiqotga aytiladi. Psixologiyada o‘zgaruvchi sifatida psixologik xususiyatlar, jarayonlar, holatlar va boshqalar ko‘riladi. Korrelyatsion so‘zi o‘zbek tiliga ―o‘zaro munosabat deb tarjima qilinadi. Agar bitta o‘zgaruvchining o‘zgarishi ikkinchisining ham o‘zgarishiga olib kelsa, unda bu ko‘rsatkichlarning korrelyatsiyasi deyiladi. Ikki o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelyatsiyasi ular orasida sabab-oqibat munosabatlari ham mavjud deyish imkonini bermaydi, shunchaki shunday gipoteza bilan chiqish imkonini beradi xolos. Korrelyatsiyaning yo‘qligi esa o‘zgaruvchilar orasida sabab-oqibat munosabatlari bor degan gipotezasini to‘laligicha rad etish imkonini beradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT