-qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; -qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; -mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; -o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; -qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; -o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; -qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; -o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; -o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; -qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan: 1. Shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o‘rin tutadi; 2. Bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;