TALABA SHAXSINING OB’EKTIV IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH METODIKASI Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida talabalar ekspert sifatida qatnashadi. Bu sa’y-harakatning asosiy maqsadi talaba shaxsining ob’ektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun quyidagi topshiriqlar bajariladi:
1. Talaba shaxsining besh guruhdan iborat fazilati, sifat, xislatlarini ahamiyatliligiga qarab birin-ketin joylashtiring.
1-jadval
2. Har bir guruhga kiritilgan sifatlarni o’zingizcha muhim bo’lmagan deb hisoblasangiz, u holda uni o’chirib tashlang va o’rniga yoqtirganingizni yozib qo’ying. Boshqa jadvallarda ham shunday qiling.
3. Har bir gurhdagi alohida shaxs fazilatlarini ahamiyatliligiga qarab besh balli shkala bilan baholang.
«5» - talaba shaxsining tizimida bu sifat mutlaqo zarur;
«4» - talaba shaxsining tizimida bu sifat qatnashishi shart:
«3» - mazkur sifat ishtirok etsa, ko’ngildagidek ish bo’lar edi;
«2» - ushbu sifatning mavjudligi zaruriyatdan tashqari;
«1» - ushbu sifatni e’tiborsiz qoldirsa bo’ladi.
Ta’kidlab o’tilgan qoidalar ilmiy izlanishlarning tamoyili vazifasini bajarib, bunga sinaluvchilarning barchasi rioya qilishlari shart, aks holda tadqiqotning ilmiylik darajasi tushib ketadi.