4
moslashishi suqmoqlardagi toshlarni, o„ljani keltirishda xalaqit beruvchi shox-
shabbalarni olib tashlash bilan cheklangan. Quldorlik davlatlari paydo bo„la
boshlagach, ular oldida 2 ta masala turardi, ya‟ni avval qo„shni erlarni bosib
olishni ta‟minlash,
odamlarni qul qilish, undan keyin ulardan foydalanib
qo„zg‟olonlarni bostirish. Quldorlik jamiyatida quyidagi yo„llar turi mavjud edi:
-
savdo yo„llari;
-
harbiy yo„llar;
-
davlat yo„llari: chopar jo„natiladigan, askarlar o„tishi uchun, o„lja keltirish
uchun, davlatni boshqarish uchun.
-
diniy marosimlarga (ibodat yoki tantanali jarayonlar uchun) mo„ljallangan
yo„llar (saroy oldi, madrasa).
Qadimiy savdo yo„llari bronza asri boshlarida paydo bo„lgan. Eramizdan
avvalgi II asrda Buyuk Ipak Yo„li paydo bo„lgan va undan 1300 yil foydanilgan.
Ipak Yo„li Arab mamlakatlaridan boshlanib O„rta Osiyo orqali Xitoyga borar edi.
Chingizxon davrida 300 yil bu yo„ldan foydanilmagan.
Olib borilgan tekshirishlar shuni ko„rsatadiki, eramizdan avval X-XI asrda
“Xorazmshohlar shoh yo„li” bor bo„lib, u Urgenchdan Ural va Volgagacha davom
etgan. Bu yo„lda har 25 km da (karvonning bir kunlik yo„li) karvonsaroy va
quduqlar joylashgan.
Diniy marosimlar o„tkaziladigan, odamlar ko„p yig‟iladigan,
tantanali
marosimlar o„tkaziladigan joyda yo„llar ravon bo„lishi talab etilardi. Rim
imperiyasi 90 ming km tosh qoplamali magistral yo„llarga ega edi. Tuproqli va
shag‟alli yo„llarni hisobga olganda Rim imperiyasining yo„l tarmoqlari uzunligi
250-300 ming km ni tashkil etar edi. Rim imperiyasining yo„l tarmoqlari obdon
o„ylangan tizimdan iborat bo„lib, yirik markazlarni birlashtirar edi. Rim hamma
viloyatlarni bog‟lovchi yo„llar tuguni edi.
Sanoatning rivojlanishi, xom-ashyo, yoqilg‟i va tayyor mahsulotlarni
tashishga talabni kuchaytirdi. XIX asr boshida yo„llar Evropada juda og‟ir ahvolda
edi. Frantsiyada J. Trezage yangi yo„l qoplamalari qatlamini taklif etdi. Undan
so„ng Shotlandiyalik Mak Adam (1756-1836 y) bu ishni davom ettirdi.
1871 yilda Amerika Qo„shma Shtatlarida birinchi asfalt qoplamasi yotqizildi.
Shaharlarda asfalt qoplamali yo„llar ko„payib bordi.
Avtomobillar rivojlanishi bilan yo„l qurish me‟yorlari va qoidalari ham
o„zgarib bordi. Birinchi texnik shartlar 1931 yil keyingisi 1934 yilda chiqdi. 1938
yil “Ko„prik va yo„llar qurish texnik shartlari” tasdiqlandi.
Yo„l qurilishi ko„p yillik tarixga ega. Yo„l konstruktsiyalari va ularni qurish
usullari insoniyat tarixining turli jabhalarida o„zgarib kelgan.
Birinchi tosh
plitalardan qattiq qoplamali yo„llar shaharlar markazida diniy marosimlar
o„tkaziladigan joylarda va ko„chalarda qurilgan.
5
Yo„l qurilish Rim imperiyasi davrida eng yuqori darajada rivojlangan. Rim
yo„llari asosan qattiq, mustahkam tosh materiallardan tashkil topgan. O„sha davrda
transport vositalarining takomillashmaganligi ya‟ni oldi o„qining burilmasligi
tufayli yo„llar to„g‟ri va uzun qilib, burilishlarda esa yo„llarning kengligini 2 marta
kengaytirib qurilgan. Rim imperiyasi davridagi yo„l to„shamasi ko„ndalang kesimi
quyidagi 1.1 va 2.1-rasmlarda keltirilgan.
1.1-rasm. Vavilondagi Marduk xudosining qasriga boradigan yo„l ko„ndalang
kesimi.
1-suglinok; 2-asfaltli mastika qo„yilgan uch qatlam g„isht; 3- ohaktoshli plitalar
105x105x35 sm; 4-ohaktoshli plitalardan iborat tratuar 66x66x20 sm; 5-balandligi
7 m bo„lgan mazaika qoplangan devorlar.
1.2-rasm. Yo„l to„shamasi ko„ndalang kesimi. 1-bazaltli plitalar 80x40x50sm; 2-10
va 15 sm shag‟al qatlami; 3-15 sm loy aralashli chaqiq tosh; 4-sement bilan
mustahkamlangan shag‟al; 5-bardyur toshi 6-60 sm qalinlikdagi loy shag‟al
aralashmasi; 7-tayanch tosh.
Yo„l qurilishida rivojlanish frantsuz olimi Jeroma Trezage va shotland olimi
Jon Mak-Adam tavsiya qilgan konstruktsiyalardan boshlanadi. Trezage va Mak-
Adam tavsiya qilgan yo„l to„shamasi tuzilmasi erda ma‟lum
bir chuqurlikda
joylashtiriladi. Yomg‟ir va qor suvlari oqib ketishi uchun yo„lga ko„ndalang
nishablik berilgan.