9
1.3-rasm. O„zbekiston Respublikasi aloqa yo„llari xaritasi Tranzit harakat
yo„nalishlari
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi rivojlanish ko„rsatkichlari eng
yuqori bo‟lgan va Buyuk Ipak Yo„lida joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qadimda
ham, xorijiy mamlakatlar savdo karvonlari yurtimiz orqali o„tib, Osiyo va Evropa
mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan.
Bugungi kunda ham
xorijiy yuk tashuvchi avtotransportlar Respublikamiz hududidan yuk olib o„tib,
dunyo bozorlariga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvar 11-
sonli qaroriga asosan quyidagi 13 ta yo„nalishdagi avtomobil yo„llari xorijiy
avtotransport vositalarining tranzit yuklarini Respublika hududidan olib o„tishini
ta‟minlaydi. Bu quyidagi yo„nalishlardir:
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-G‟isht ko„prik-Qozog‟iston chegarasi";
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Olot-Turkmaniston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - G‟isht ko„prik - Qozog‟iston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Qozog‟iston chegarasi - G‟isht ko„prik-Bekobod-Tojikiston chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Qozog‟iston chegarasi-G‟isht ko„prik-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Tojikiston chegarasi-Bekobod-Uzun-Tojikiston chegarasi";
-
"Tojikiston chegarasi - Andarxon posti (Farg‟ona vil.)
- Andijon - Qirgiziston
chegarasi";
-
"Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - Samarqand - Tojikiston chegarasi";
10
-
"Turkmaniston chegarasi-Olot-Samarqand-Tojikiston chegarasi";
-
"Turkmaniston chegarasi - Nukus shahri - Buxoro shahri - Turkmaniston
chegarasi".
Dostları ilə paylaş: