Ekstragentlar tanlashning ilmiy asoslari. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Suyuqlik ekstraksyasining ba’zi asosiy tushunchalari



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#178281
1   2   3   4   5
Ekstragentlar tanlashning ilmiy asoslari. Reja I. Kirish. II. A-fayllar.org

2.Suyuqlik ekstraksyasining ba’zi asosiy tushunchalari.
Ekstragent – toza xoldagi yoki yaxshi ekstraktsiyalanishi uchun qandaydir bir reagent saqlagan organik erituvchi.
Masalan, suvda oz eridigan molekulyar yod, suvga nisbatan xloroformda yaxshi erigani sababli, xloroform ekstragenti bilan ekstraktsiyalanadi. Suv fazasidagi alyuminiy ionlarini Al3+ 8-oksixinolinning xloroformdagi eritmasi bilan ekstraktsiyalash mumkin. Alyuminiy ionlari 8-oksixinolin bilan, suvga nisbatan xloroformda yaxshi eruvchi, alyuminiy oksixinolinat (alyuminiy oksinat) kompleks birikmasini hosil qiladi, ya'ni alyuminiy ionlari suvdan organik ekstragentga kompleks birikma holida o'tadi.
Ekstraktsion_reagent'>Ekstraktsion reagent – ajratiluvchi modda bilan yaxshi ekstraktsiyalanuvchi modda xosil qiladigan ekstragent tarkibidagi reagent. Yuqorida keltirilgan alyuminiy ionlarini 8-oksixinolinning xloroformli eritmasi bilan ekstraktsiyalashda ekstraktsion reagent vazifasini 8-oksixinolin bajaradi.
Ekstrakt – suvli fazadan ekstraktsiyalab ajratilgan modda saqlagan suyuq organik faza.
Ekstraktsiya jarayoniga ta'sir etuvchi omillar.
Ekstragent hajmi va takroriy ekstraktsiya sonining ta'siri. Moddani bir suyuq fazadan (odatda suvli fazadan) boshqa bir suyuq fazaga (odatda organik fazaga) ekstraktsiyalash samaradorligi ajralish darajasi R ortgan sari ortadi. Ekstragent hajmi va ekstraktsiya sonini R ga ta'sirini ko'rib chiqamiz. R ning dastlabki suvli faza hajmi, Vsuvli, ekstragent hajmi Vorg va ekstraktsiyaning takrorlanish soni n ga bog'liqligini (9.12) ifoda orqali tushuntirish mumkin:
R=[1-1/(1+TkVorg/Vsuvli)n]•100%
Haqiqatdan suvli fazadagi ekstraktsiyalanuvchi moddaning dastlabki miqdori x0 bo'lsin: birinchi ekstraktsiyadan keyin suvli fazada qolgan modda miqdori x1 bo'lsin, ikkinchi marta ekstraktsiya bajarilgach, suvli fazada qolgan moddaning miqdori x2 bo'lsin va x.z. xn – n marta ekstraktsiyalangach, suvli fazada qolgan moddaning miqdori.
Suvli muhit pH qiymatining ta'siri. Suvli muhitning pH qiymati ajralish darajasiga R, ayniqsa, ekstraktsiyalanuvchi modda kislota-asos xossalarini namoyon etgan hollarda, sezilarli ta'sir etadi.
Kislotali xossaga ega bo'lgan HA moddani suvli fazadan organik fazaga ekstraktsiyalash jarayonini ko'rib chiqamiz. Odatda organik fazaga kislotani ionlashmagan HA molekulalari o'tib, suvli fazada, anionlar A- qoladi.
Kislotani ekstraktsiyalash jarayonida fazalararo geterogen muvozanat qaror topadi:

Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin